Ushbu loyiha o'zbek va qirg'iz tillarida qo'llaniladigan tilshunoslik terminlarini elektron shaklda jamlash, izohlash va foydalanuvchiga qulay qidiruv tizimi orqali taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Lug'at terminning ikki tildagi nomi, etimologiyasi, mazmuniy izohi, amaliy misoli va misol manbasini bir kartochkada ko'rsatadi. Bu yondashuv talaba, tadqiqotchi, o'qituvchi va tarjimonlar uchun terminlarni taqqoslab o'rganishga yordam beradi.
Lug'atni ko'rishO'zbekcha va qirg'izcha tilshunoslik terminlarini tizimli elektron lug'at ko'rinishida shakllantirish.
Terminlarni kiritish, tahrirlash, izohlash, misollar bilan boyitish va ikki tilda tezkor qidirish.
Lug'at ta'lim jarayoni, ilmiy tadqiqot, tarjima amaliyoti va terminologik me'yorlashtirishda foydalaniladi.