info@gmail.com +998 99 741 35 23

Abbreviatura — Аббревиатура

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiAbbreviatura
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin inglizcha “abbreviation”, “acronym” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “qisqartirish”, “qisqartma” degan ma’nolarni anglatadi. Lotin tilida esa “abbreviation” – “qisqartirish” va “abbrevio” “qisqartiraman” so‘zlaridan olingan. Italyan tilida “abbreviature” shaklida qotib qolgan. O‘zbek tiliga rus tili orqali XX asrning birinchi yarmida kirib kelgan va ilmiy leksikada o‘rnashib qolgan termin hisoblanadi
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiAbbreviatura – so‘z birikmalarini qisqartirish orqali hosil bo‘lgan yangi leksik birliklar bo‘lib, ular tilning iqtisod qilish qoidasiga, ya’ni minimal vosita bilan maksimal ma’no ifodalash tamoyiliga asoslanadi. Bu hodisa nutqiy va yozma shaklda namoyon bo‘ladi. So‘z va iboralarni qisqartirish san’ati – tilning iqtisodiy qonuniyatiga asoslangan, minglab yillik tarixga ega lingvistik hodisa hisoblanadi. Abbreviaturalar tashkilotlar, fanlar va ijtimoiy-siyosiy atamalarni nomlashning eng samarali usullaridan biri sifatida tilshunoslikda alohida o‘rin tutadi. Ular til tizimining tabiiy rivojlanish mahsulidir. Abbreviatura zamonaviy tilshunoslikda so‘z yasashning eng mahsuldor usullaridan biri sifatida tan olingan. Ilmiy va texnik terminologiyaning jadal rivojlanishi bilan birga abbreviaturalar ham ko‘payib boradi. Ilmiy va texnik terminologiyani ixchamlashda muhim rol o'ynab, murakkab tushunchalarni qisqa shaklda ifodalashga imkon beradi. Masalan: BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), SamDU (Samarqand davlat universiteti), JSST (Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti), DXX (Davlat xavfsizlik xizmati) va h.k.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiАббревиатура
Terminning qirg'izcha etimologiyasiбашкы тыбыштары же башкы муундары сакталып, калгандары кыскартылып салынып, белгилүү бир маанини туюндурган татаал сөздүн бир түрү: БУУ, филфак, ИУА, УАК, профком.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi(италиялык тилден алганда — кыскартылган сөздөр) жазуу жана оозеки речтеги кыскартылган сөздөр. Анын практикалык мааниси — үнөмдүүлүк. Ал аз болсо да көркөм чыгармаларда кездешет. 1.Сөздөрдүн башкы бөлүктөрүнөн кыскартылган сөздөр. Тийдиби эле, комсомол, Жалпы окууга жардамың? (Ж. Бөкөнбаев) 2.Башкы сөзү кыскартылып, калганы кыскартылбай алынган сөздөр. Отко күйбөс, ок өтпөгөн партбилет, Күнден бийик, баа жетпеген партбилет! (А. Токтомушев)
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni20