Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Adabiy til |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Terminning o‘zagi arabcha “adab” – ادب so‘zidan olingan bo‘lib, odob-axloq, madaniylik, tarbiya, bilimdonlik ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z o‘z navbatida islomgacha bo‘lgan davrda arab madaniyatida ziyofatga (yaxshi jamiyatga) chorlash tushunchasini anglatgan. “Adabiy” esa xalq og‘zaki nutqidan farqli o‘laroq, yozma ijod, san’at, madaniyat va yuksak me’yorlar asosida shakllangan shaklni ifodalaydi. Til qadimgi turkiy so‘z bo‘lib, dastlab insonning nutq a’zosi (til) ma’nosini bildirgan, keyinchalik so‘zlashuv va muloqot vositasi ̶ til ma’nosida qo‘llanila boshlagan |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Umumxalq tilining ishlov berilgan, sayqallangan va ma’lum bir me’yorga solingan shaklidir. Tilshunos Mustaqim Mirzayev unga: “Adabiy til ̶ umumxalq tilidan yasalgan guldasta”, deb baho bergan. Zero, adabiy til til va nutqning barcha birliklarini butunligicha qamrab oladigan milliy tildan farqlanadi. Demak, o‘zbek adabiy tili o‘zbek millatiga tegishli bo‘lgan milliy tilning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy til bilan adabiy til (nutq) orasidagi aloqa butun-qism, umumiylik, xususiylik munosabatida bo‘ladi. Adabiy til (nutq) fonetik, leksik, morfologik, sintaktik, qolaversa, stilistik jihatdan me’yorlashgan. U xalq shevalaridan oziqlanadi, biroq ulardan ustun turadi; adabiy til (nutq) me’yorlariga qat’iy rioya qilish shu tilda so‘zlovchilar (xalq), turli sheva va lahja vakillari orasida bir-birlarini to‘g‘ri tushuna olishlari yoki rasmiy muloqot uchun shart. Adabiy til (nutq)dan o‘rinli va unumli foydalana olish umumxalq madaniyatining qay darajadaligini belgilaydi. Yozma va og‘zaki nutqda adabiy me’yorlarga rioya qilish so‘zlovchi (yozuvchi) madaniy saviyasining ko‘zgusi hisoblanadi |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Адабий тил |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | жалпы элдик улуттук тилдин иштетилип нормага салынган жогорку формасы. Жалпы элдик тилдин негизинде тарыхый жактан калыптанган, белгилүү бир нормага салынган, иштелип чыккан, айтылуучу ойду түшүнүктүү, так туюндура алган, айтылышы, жазылышы ж-а стилдик жактан колдонулушу такталган, коомдун бардык өкүлдөрүнө бирдей тиешелүү, түшүнүктүү болгон тил А. т. деп аталат. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | А. т. белгилүү бир улуттун, элдин бардык өкүлү тарабынан милдеттүү түрдө бирдей колдонулат. А. т. полифункционалдуу, стилдик жактан жиктелген, кайсы бир дең-гээлде регламенттелген мүнөзгө ээ. Ошондуктан А.т. коомдук-социалдык ж-а функционалдык статусу боюнча жергиликтүү мүнөздөгү диалектилерге, говорлорго карама-каршы коюлат. А. т. - коомдук-маданий ж-а тарыхый категория. Анын түзүлүшү, түптөлүшү, калыптанышы, өнүгүшү коомдук өнүгүүнүн ж-а элдин жалпы маданиятынын деңгээлине байланыштуу. А. т. бир же бир нече диалектинин базасында же жалпы элдик тилдин негизинде түзүлөт. Мис., кыргыз адабий тили кыргыз тилинин жалпы элдик тилинин негизинде 19-к. жаралган. Ал А.т. катары калыптануу процессин улантууда. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 19 |