info@gmail.com +998 99 741 35 23

Affiksatsiya — Аффиксация

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiAffiksatsiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiAffiksatsiya termini lotincha “affixum” – “biriktirilgan” so‘zidan kelib chiqqan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda bu termin so‘z negiziga prefiks, suffiks yoki infiks qo‘shish orqali yangi leksik yoki grammatik ma’no hosil qilishni anglatadi. Yana boshqa manbalarda quyidagicha ta’rif berilgan. Affiksatsiya – 1) yasovchi asosga (yoki so‘zga) muayyan qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yangi so‘z hosil qilish; 2) grammatik ma’nolarni qo‘shimchalar yordamida ifodalash usuli. Affiksatsiya so‘z yasash va so‘z o‘zgartishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, so‘z negiziga turli qo‘shimchalar (affikslar) qo‘shish orqali yangi so‘z yoki grammatik shakllar hosil qilish jarayonidir. Ushbu termin ifodalagan affiksatsiya usuli tilshunoslikning morfologiya bo‘limida o‘rganiladi. O‘zbek tili agglyutinativ til bo‘lib, affiksatsiya son-sanoqsiz so‘z shakllarini hosil qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Affiksatsiya barcha tillarda mavjud bo‘lsa-da, uning roli va shakllari tildan tilga farq qiladi. O‘zbek tili kabi agglyutinativ tillarda affiksatsiya ayniqsa faol va mahsuldor hisoblanadi
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiАффиксация
Terminning qirg'izcha etimologiyasiАффиксация термини латын тилиндеги “affixation” сөзүнөн алынган болуп, «кошуу», «бириктирүү» өңдүү маанилерди билдирет. Терминдин этимологиялык мазмуну аффикстердин жардамында сөз же форма жасоо жараянын туюнтат.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiНегизге аффикс кошуу аркылуу жаңы сөз же грамматикалык форма пайда кылуу жараяны.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni15