info@gmail.com +998 99 741 35 23

Affrikat —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiAffrikat
Terminning o'zbekcha etimologiyasiAffrikat termini lotincha “affricata” so‘zidan olingan bo‘lib, ikkita qismdan iborat: “af-“ prefiksi yaqin, birgalikda degan ma’nolarni anglatadi va “fricata” fe’li ishqalanish ma’nosini beradi. Shu tariqa etimologik ma’nosi – tovush hosil bo‘lish jarayonida ishqalanish va portlashning birlashuvi demakdir. Affrikat qorishiq tovushlar bo‘lib, bunda portlash bosqichi asta-sekin ochiladi va undan sirg‘aluvchi bosqich keladi. Masalan: [ch], [j].
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiAffrikat tilshunoslikda murakkab tovush hodisasi hisoblanadi. Tilshunoslik terminologiyasida affrikatlar “qorishiq undoshlar” nomi bilan ham ataladi, chunki ular ikki xil artikulyatsion xususiyatni o‘zida mujassamlashtiradi. Dastlab ushbu termin fonetik hodisaning nomi bo‘lgan. keyinchalik esa termin holiga kelgan. Affrikatlar – murakkab artikulyatsiyaga ega bo‘lgan undosh tovushlar sinfiga kiradi. Ularning asosiy belgisi ikki bosqichli hosil bo‘lish jarayonidir: birinchi bosqichda portlash sodir bo‘ladi, ikkinchi bosqichda esa ishqalanish bilan yakunlanadi. Oddiy undoshlardan farqli ravishda, affrikatlar ikki alohida harakat – to‘siq va ishqalanishni bir vaqtda amalga oshiradi. Garchi fizik jihatdan ikki harakatdan iborat bo‘lsa ham, affrikat nutqda va yozuvda bir butun – yagona fonema sifatida namoyon bo‘ladi. Tinglovchi ushbu tovushni ikkita undosh birikuvi sifatida emas, balki bitta tovush sifatida idrok etadi. Affrikatning hosil bo‘lish mexanizmi tilshunoslikda alohida o‘rganiladi. Jarayon ikki aniq bosqichdan iborat bo‘lib, ular birgalikda yagona akustik effekt yaratadi. Portlovchi fazada nutq organlari havo oqimini to‘liq to‘sadi va bosim oshadi. Ishqalovchi fazada bo‘g‘in oralig‘i qisman ochiladi, havo oqimi shovqin bilan chiqadi. Ikki faza birlashib, ajralmas yagona akustik effektni vujudga keltiradi. O‘zbek tilida affrikatlarning asosiy vakillari ch va j tovushlaridir. Bu tovushlar so‘zning istalgan o‘rnida, ya’ni boshida, o‘rtasida yoki oxirida ham o‘z sifatini to‘liq saqlab qoladi. Masalan: ch – choy, kecha, uch; j – joy, mujda, saj. Morfemik tuzilishda affrikatlar so‘z o‘zagida ham, qo‘shimchalar tarkibida ham faol ishtirok etadi va o‘zbek tilining fonetik tizimini boyitadi. Affiksatsiya – qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z yasash jarayonidir. Affrikatlar bu jarayonda alohida o‘rin tutadi. Masalan: O‘zbek tilida -chi qo‘shimchasi kasb-kor bildiruvchi (o‘qituvchi, temirchi, tikuvchi) affiks sifatida keng qo‘llaniladi. Bu qo‘shimcha o‘zagi affrikat tovushidan iborat bo‘lib, so‘z yasovchi vosita sifatida mustahkam o‘rin egallagan. Affrikat tarkibli qo‘shimchalar lug‘at boyligini kengaytiruvchi faol morfemelar hisoblanadi. Affrikatlar portlovchilar va ishqalovchilar o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu sababli ular “qorishiq undoshlar” deb ham ataladi. Affrikatlar o‘zbek tili tarixida barqarorlik va o‘zgaruvchanlikning noyob namunasini ko‘rsatadi. Eski turkiy tillardan hozirgi o‘zbek tiliga o‘tish jarayonida affrikatlarning aksariyati o‘z sifatini saqlab qolgan
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni16