Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Ajratilgan so‘zshakllar |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | So‘z shakli termin sifatida nutq birligining muayyan grammatik ma’no va vazifani ifodalovchi holatini bildiradi. Bu tushuncha tilshunoslikning markaziy kategoriyalaridan biri bo‘lib, so‘zning turli grammatik ko‘rinishlarini qamrab oladi. Mazkur tushuncha ot, sifat va fe’l kabi mustaqil so‘z turkumlariga xos xususiyat hisoblanadi. Har bir so‘z turkumi o‘ziga xos shakl paradigmasiga ega bo‘lib, ular grammatik ma’noni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Tilshunoslikda so‘z shakli ikki yo‘l bilan yuzaga kelishi mumkin: maxsus grammatik ko‘rsatkich (affiks) orqali yoki nol ko‘rsatkich asosida. Bu ikki holat o‘rtasidagi farqni tushunish etimologik tahlilning asosini tashkil etadi.Affiks bilan shakl – so‘z grammatik ma’noni maxsus qo‘shimcha – affiks orqali ifodalaydi. Masalan: kitob-lar (ko‘plik), uy-da (o‘rin-payt kelishigi). Nol ko‘rsatkichli shakl – so‘z maxsus yasovchisiz ham grammatik ma’noni saqlaydi. Masalan: birlik son va bosh kelishik alohida affiks talab qilmaydi |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarining ma’nosi so‘zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo‘lishi mumkin. Shunda ularning ma’nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta’kid ohangiga ega bo‘lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Masalan: 1. Shavkat she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota. 3. Uning kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy bo‘yida uzoq turdi. 5. Seni sog‘indim. Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma’lum bir so‘zlar ma’nolari izohlarsiz noaniq bo‘lishi mumkin. Buni e’tiborga olgan holda so‘zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so‘zlar bilan qo‘llaydi. Masalan: 1. Shavkat, shoir, she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota, tog‘lar orasi. 3. Uning, Ikrom Imomzodaning, kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy bo‘yida, qo‘sh yong‘oqning tagida, uzoq turdi. 5. Seni, vafodorimni, sog‘indim. Birinchi gapda ega (Shavkat)ning ma’nosini shoir so‘zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota)ning ma’nosini tog‘lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning)ning ma’nosini Ikrom Imomzodaning so‘zshakli, to‘rtinchi gapda hol (soy bo‘yida) ning ma’nosini qo‘sh yong‘oqning tagida so‘zshakli, beshinchi gapda to‘ldiruvchi (seni) ning ma’nosini vafodorimni so‘zshakli izohlagan, to‘ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so‘zlar o‘zi izohlayotgan so‘zlar bilan bir hokim so‘zga tobelanadi. Undan faqat nisbatan tor ma’noga egaligi va ta’kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |