info@gmail.com +998 99 741 35 23

Aksioma — Аксиома

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiAksioma
Terminning o'zbekcha etimologiyasiQadimgi yunon tilidagi axioma fe’lidan olingan bo’lib “isbot talab qilinmaydigan haqiqat”, “munosib deb qabul qilish”, “ to‘g‘ri deb hisoblash” ma’nolarini aanglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiAksioma termini dastlab Yunonistonda paydo bo‘lib keyinchalik yevropa tillari orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan. Ushbu terminni dastlab Aristotel “Ilmiy analitika” nomli kitobida keltirib uning isbot talab qilinmaydigan, barchaga ma’lum haqiqat ekanligini ta’kidlaydi. Keyinchalik Evklid o‘zining “Elementlar” asarida geometriyaning asosiy aksiomalarini belgilab, bu termini matematika faniga olib kiradi. Sharq olimlari Abu Nasr Forobiy, Muhammad al-Xorazmiy kabi olimlar ham aksioma termini haqida bir qancha ma’lumotlarni keltirib o’tgan. Aksioma tushunchasi qadimgi davrdan bugunga qadar fan olamida fan va falsafaning asosi bo’lib kelmoqda – aksioma bilimning ilmiy isbot talab qilinmaydigan, eng mustahkam poydevori sifatida e’tirof etiladi. Masalan aksiomaga namuna qilib Yevklid geometriyasining parallelik aksiomasini keltirish mumkin: “Tekislikda to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lmagan O nuqta orqali shu to‘g‘ri chiziqga bittadan ortiq parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin emas”.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiАксиома
Terminning qirg'izcha etimologiyasiГрек тилинен келген (axioma), "кабыл алынган эреже" же "урматтоого татыктуу нерсе" дегенди билдирет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiАксиома көп кылымдардан бери адам баласынын тажрыйбасынан, эксперименттен жана илимдин өсүшүнөн келип чыгып, далилдөөнү талап кылбаган чындык катарында каралат. Байыркы Грецияда Аксиома терминин Аристотель биринчилерден болуп пайдаланган. Математикалык логика аппаратынын өнүгүшү Аксиома түшүнүгүнүн өсүшүнө түрткү болду. Аксиоманы формалдуу караганда, кээ бир мазмундуу илимий теориянын божомолдуу гана эмес, эреже боюнча бул эсептөөнүн жыйынтыгы – калган далилденүүчү формуланын жыйынтыгы чыгарылуучу андагы жөнөкөй формулалардын бири.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4