Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Akustika |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin qadimgi yunoncha “akustikos” so‘zidan olingan bo‘lib, “eshitaman” degan ma’noni anglatadi. Bu termin dunyo tillarining ko‘pchiligida ilm-fanning maxsus tarmog‘ini ifodalovchi terminga aylangan. Inglizcha “acoustics”, fransuzcha “acoustique”, ruscha “akustika” bu terminlarning barchasining o‘zagi birdir. O‘zbek tiliga akustika termini rus tili orqali kirib kelgan va bugungi kunda ko‘p qo‘llanadigan terminlar qatoriga qo‘shilgan. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Aslida akustika – fizikaning mexanik to‘lqinlar va tovush hodisalarini o‘rganuvchi bo‘limi bo‘lib, bu fan tovushning paydo bo‘lishi, tarqalishi va qabul qilinish jarayonlarini kompleks tarzda o‘rganadi. Akustika tabiat va texnikaning ajralmas qismi bo‘lib, insoniyatga olamni anglash va diagnostika qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Akustika ilmining shakllanishida bir necha buyuk mutafakkirlarning salmoqli o‘rni bordir. Qadimgi Yunonistondan to XIX asrgacha bu fan bosqichma-bosqich rivojlangan. Yevklid tovush tarqalishi va qaytish(aks-sado) qonunlarini birinchi marta matematik tarzda tavsiflab bergan. Galiley va Mersenn kabi olimlar esa XVII asrda tovush to‘lqining havoda tarqalishini ilmiy tajribalar asosida tushuntirib, chastota va balandlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlaganlar. Lord Reley esa 1877-yilda “Tovush nazariyasi” nomli asarini nashr ettirgan. Bu asar orqali akustikaning nazariy poydevori mustahkamlangan. Akustikaning bir necha turlari mavjud bo‘lib, umumiy akustika – tovush hosil bo‘lishi, tarqalishi va o‘lchash usullarini o‘rganadi. Barcha akustika tarmoqlarining nazariy asosi hisoblanadi; fiziologik akustika – eshitish organlari tuzilishi va tovushning inson organizmi, asab tizimiga ta’sirini tadqiq etadi; psixoakustika – inson miyasining tovushni qanday qabul qilishi va idrok etishi – sezgi bilan fizik signal o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Tilshunoslikda fonetik tovushlarni boshqa tovushlardan ajratib olish uchun tovushlar uch turga bo‘lib o‘rgatiladi: tabiiy tovushlar, fizik tovushlar, nutq tovushlari. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Акустика |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | (грек. akustikas – угуу) кептик сигналдын структурасын, адамдын кепти жаратуусундагы ж-а кабыл алуусундагы процесстерди үйрөтүүчү ж-а кепти автоматтык түрдө талдоо м-н синтездөөнүн системаларын иштеп чыгуучу жалпы акустиканын бөлүмү. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Кептин жаралышы акустикалык жактан эки этаптан турат: 1) артикулятордук трактта тыбыштын пайда болушу, 2) активдүү ж-а пассивдүү сүйлөө органдары тарабынан пайда болгон тыбыштын акустикалык чыпка же ооз ж-а мурун аркылуу таралышы. Артикулятордук тракттагы дүүлүгүү булагына карай кептеги тыбыштар төмөнкүдөй топторго ажырайт: үндүк булакта – үндүүлөр ж-а уяңдар; шыбыштык булакта – каткалаң жылчыкчылдар жана аффрикаталар; импульстук булакта – каткалаң жарылмалар; үндүк менен шыбышчыл булактардын кошулушунан – жумшак жылчыкчылдар; үндүк менен импульстук булактын кошулушунан – жумшак жарылмалар. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |