info@gmail.com +998 99 741 35 23

Amaliy uslubiyat —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiAmaliy uslubiyat
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu terin ikkita so‘zning birlashmasidan tashkil topgan bo‘lib, arabcha “amaliyy” (عملي) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ishga oid”, “tajribada qo‘llanadigan”, “nazariya bilan emas, balki amaliy ish bilan bog‘liq” degan ma’nolarni anglatadi. Uslubiyat yoki stilistika bu termin qadimgi yunoncha “stylos” – yozuv, xat tayoqchasi degan ma’nolarni anglatuvchi so‘zdan olingan. Qadimgi yunonlar mum surtilgan taxtachaga shu tayoqchaning uchli tomoni bilan yozishgan, teskari tekis tomoni bilan esa xatolarni o‘chirishgan. Bu termin orqali yozuv san’ati, bayon tarzi va asarning o‘ziga xos shakli tushunilgan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiAmaliy uslubiyat (nutq uslubiyati) ̶ turli til vositalarining ta’sirchanlik va his-hayajon imkoniyatlarini baholash, ulardan ma’lum vaziyatda to‘g‘ri, aniq va maqsadga muvofiq foydalanish qoidalarini o‘rgatuvchi sohadir. Uning asosiy maqsadi ̶ kishilarda og‘zaki va yozma nutqda til vositalaridan samarali foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Amaliy uslubiyatning vazifasi til vositalarining ta’sirchanlik va boshqa jihatdan imkoniyatlarini belgilay (baholay) olish, ulardan maqsadga muvofiq holda, mohirona foydalanishga o‘rgatishdir
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4