info@gmail.com +998 99 741 35 23

Amfiboliya — Амфиболия

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiAmfiboliya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin yunoncha “amfiboliya”, “amphibolia” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ikki tomonlama”, “ikkilanish” yoki “noaniqlik” degan ma’nolarni anglatadi. Bu atama gapdagi so‘zlar tartibi yoki tuzilishi tufayli yuzaga keladigan ikki xil talqin qilinishi mumkin bo‘lgan jumlalarga nisbatan ishlatiladi. Atamaning tarkibiy qismlari quyidagilarga bo‘linadi. “Amphi” “har ikki tomondan”, “ikki xil”; “ballo” “otmoq”, “tashlamoq”
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiIkki xil talqin etish, ikki ma’noda tushunish mumkin bo‘ladigan jumla (gap). Og‘zaki nutqda amfiboliya ohang va to‘xtam yordamida bartaraf etiladi. Masalan: Yangi joyning bu dilni siyoh qiluvchi manzarasi qanchalik noxush tuyulmasin, Mohidil ko‘nikishga majbur (J. Abdullaxonov). Misoldagi bu olmoshi dil so‘ziga bog‘lansa, bir ma’no, manzara so‘ziga bog‘lansa, boshqa ma’no ifodalanadi (asli keyingi bog‘lanish ko‘zda tutilgan). Bu olmoshi manzara so‘zi oldidan qo‘llansa, amfiboliya yo‘qoladi
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiАмфиболия
Terminning qirg'izcha etimologiyasi(грек тилинен amphibolia — эки ача пикир, түшүнүксүздүк) — бул сүйлөмдүн синтаксистик түзүлүшүнүн каталыгынан улам келип чыккан, эки мааниде түшүнүлүүчү сөз же сүйлөм.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiМында сөздөр өздөрү бир маанилүү болушу мүмкүн, бирок алардын орун тартиби же байланышы туура эмес болгондуктан, бүтүндөй бир сүйлөм эки башка маанини билдирип калат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4