info@gmail.com +998 99 741 35 23

Amorf tillar — Аморфтук тилдер

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiAmorf tillar
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin yunoncha “amorphos” so‘zidan olingan bo‘lib, “shaklsiz”, “belgisiz” degan ma’nolarni anglatadi. Bu termin o‘z navbatida a- (inkor prefiksi) va morphē (shakl, qiyofa) qismlaridan tashkil topgan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiAffikslarga ega bo‘lmagan, so‘zlar orasidagi grammatik alaoqalar bitishuv yo‘li bilan yoki yordamchi so‘zlar vositasida ifodalangan tillardir. Masalan: xitoy tili. Amorf tillarda so‘zlar grammatik jihatdan o‘zgarishsiz qoladi. Ularga qo‘shimchalar qo‘shilmaydi, ular turlanmaydi va tuslanmaydi. Grammatik munosabatlar butunlay boshqa usullar orqali ifodalanadi. Dunyo tilshunosligida amorf tillar sifatida xitoy tilida (so‘zlar hech qanday qo‘shimchalarsiz, faqat tartib orqali ma’no hosil qiladi); vetnam tilida (ohang va so‘z tartibi asosiy grammatik vosita hisoblanadi); eve tili ham amorf tillar guruhiga mansub bo‘lib, bunda grammatik munosabatlar kontekst va tartib orqali ifodalanadi. Sof amorf tillar tilshunoslikda kamchilikni tashkil etadi, biroq bu hodisa faqat alohida til guruhlariga xos emas. Dunyodagi ko‘plab tillarda – turkiy, hind-yevropa oilalarida ham – amorf unsurlar mavjud. Hech bir til “sof” bir tipga mansub emas. Amorf tillarni o‘rganish tilshunoslik fanida bir necha muhim yo‘nalishda ahamiyat kasb etadi. Grammatik qurilishning soddaligi yoki murakkabligini belgilash, til tizimlarini taqqoslash va umumbashariy til qonuniyatlarini aniqlashda amorf tillar noyob manba bo‘lib xizmat qiladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiАморфтук тилдер
Terminning qirg'izcha etimologiyasiсөздөрү өзгөрбөгөн, мүчө уланбаган жана синтаксистик байланышы сөздөрдүн орун тартиби менен интонациясына негизделген тилдердин типолоогиялык түрү.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiмүчөлөр жалгануу аркылуу өзгөрбөгөн, башкача айтканда сөз өзгөртүүчү жана сөз жасоочу мүчөлөр жалганбаган тилдер. Мисалы, буга кытай, япон, вьетнам тилдери кирет. Бул тилдер түр, форма боюнча да өзгөрбөйт. Аморфтук тилдерде жөндөмө, жак, чак, сандык көрсөткүчтөрдү билдирбеген, формалдуу касиеттери көрүнбөгөн, грамматикалык катыштары менен сөздүн орун тартиптери аркылуу билине турган тилдердин түпкү уңгу түрү болот.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4