Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Antik grammatika |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Grammatika” so‘zi qadimgi yunoncha “grammatike” va “gramma” harf, yozuv so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, tom ma’noda “harfga oid san’at” yoki “yozish san’ati” kabi ma’nolarni anglatadi. Antik davrda bu termin nutqni to‘g‘ri tuzish va yozishni o‘rgatuvchi fan hisoblangan. “Antik” so‘zi esa lotincha “antiquus” so‘zidan olingan bo‘lib, “qadimgi”, “qadim zamonlarga oid” degan manolarni bildiradi |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimdir. Grammatika 2 qismdan morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalari, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, gap va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, grammatikada soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, gap va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |