Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Antonim |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin yunoncha “anti” – zid, “onyma” – nom degan ma’nolarni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Antonimlarning umumiy, birlashtiruvchi ma’nosi bilan bir qatorda, qarama-qarshi ma’nosi ham bo‘lishi lozim. Masalan, katta va kichik leksemalari umumiy – “sifat”, “ko‘lam” ma’nosi bilan birga, qarama-qarshi – “nisbatan ortiq” (katta) va “nisbatan katta bo‘lmagan” (kichik) degan ma’noga ham ega. Bundan tashqari, Qish – “yilning eng sovuq fasli”, yoz – “yilning eng issiq fasli”, kirmoq – “ichkariga harakatlanmoq”, chiqmoq – “tashqariga harakatlanmoq”. Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in’ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: issiq-sovuq (harakat), katta-kichik (hajm), erkak-ayol (jins) va hokazolar. Qarama-qarshi, zid ma’noli til(nutq) birliklari antonim deb nomlanadi. Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) har xil o‘zakli antonim: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat; 2) bir xil o‘zakli antonim: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Антоним |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Бул термин грекче “anti” – каршы, “onyma” – ат деген маанилерди туюнтат. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | карама-каршылыкты туюндуруучу номинациялык маани., А-дер абсолюттук (өлүм-өмүр, дудук-тилдүү) ж-а салыштырмалуу карама-каршы маанидеги сөздөрдөн турат (өйдө - төмөн, улуу-кичүү, ачуу-таттуу ж.б.). А. семантикалык негизге караганда, реалдуу жашоо-турмуштагы карама-каршылыктардын өзүнө негизделет. Мис,, чоңдун чоңу, кичиненин кичинеси салыштырмалуу болот, ошондуктан, А. тилдик атоо катары гана каршылашат. А. танууну тануу философиялык категориясына байланыштуу: Жаш өсүп карылыкка жетет, карылык балалуу болуунун натыйжасы ж.б. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |