info@gmail.com +998 99 741 35 23

Argotizm —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiArgotizm
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin fransuzcha “argoter” – bahslashmoq yoki “argotier” – daydi fe’llaridan hosil qilingan bo‘lib, dastlab o‘g‘rilar tilini anglatgan. XX asrning 60-yillarida bu termin rus tilshunosligiga kirib kelgan va keyinchalik o‘zbek tilshunosligida ham qo‘llanila boshlangan
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiArgotizmlar tilning sirli va yashirin qatlami hisoblanadi. Ijtimoiy guruhlar, jinoyatchilar va maxfiy jamoalar tomonidan yaratilgan bu til hodisasi nafaqat muloqot vositasi, balki madaniy sotsiologik ko‘zgu sifatida ham katta ahamiyat kabs etadi. Argotizm termini muayyan ijtimoiy guruhlar, ya’ni jinoyatchilar, josuslar, qimorbozlar tomonidan boshqalarga tushunarsiz bo‘lishi uchun yaratilgan sun’iy va yashirin til elementidir. Bu tilning sotsiolekt ko‘rinishi bo‘lib, u umuumxalq tilidan keskin farq qiladi. Argotizmlarning nutqda qo‘llanishi tasodifiy emas, ular aniq ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda paydo bo‘ladi. Har bir guruh o‘zining “ichki tili”ni yaratish orqali bir necha muhim vazifani bir vaqtda amalga oshiradi. Argotizmlar qo‘llanilish sohasiga qarab, bir necha guruhlarga bo‘linadi. Har bir tur o‘ziga xos ijtimoiy kontekst va maqsadga ega bo‘ladi: jinoiy argo – jinoyatchilar olamiga xos so‘z va iboralar. Masalan: mol – o‘g‘irlangan buyum, kalit – qurol; kasbiy argo – maxfiylikni talab qiluvchi xavfli sohalarda, xususan, harbiylar, josuslar, razvedka xodimlari nutqida qo‘llaniladigan til birliklari; ijtimoiy argo – ma'lum guruhlarning o‘ziga xosligini ifodalash uchun qo‘llaniladigan birliklar, ya’ni yoshlar, sport muxlislari va boshqalar nutqidagi so‘zlar.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4