Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kasb-hunar |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kasb-hunar terminining etimologiyasi ikki tarkibiy qismdan iborat: kasb so‘zi arabcha “kasb” (كسب) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “topish”, “orttirish”, “mehnat qilib daromad olish” ma’nolarini anglatadi. Keyinchalik bu so‘z “kasb qilish”, ya’ni muayyan faoliyat orqali tirikchilik yuritish ma’nosida shakllangan. Hunar so‘zi fors-tojik tilidagi “honar” so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, “mahorat”, “san’at”, “kasbiy ko‘nikma” ma’nolarini bildiradi. Kasb-hunar termini etimologik jihatdan “mehnat orqali daromad topish va shu bilan birga muayyan sohada egallangan mahorat hamda ko‘nikmalar majmui” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda kasb-hunar insonning iqtisodiy faoliyati va amaliy bilim-ko‘nikmalarini ifodalovchi umumiy tushuncha sifatida qo‘llanadi. Turli kasb-hunar egalari nutqida qo‘llanuvchi leksemalar. Кasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo‘lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Masalan: Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan atama Buxoro shevasida bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun kasb-hunar leksemasi ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu leksika, birinchidan, ma’lum bir sheva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shevada so‘zlashuvchi ayrim kishilar nutqiga xos. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 5 |