Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Assimilyatsiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin lotincha assimilatio so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ad” – tomon va “similis” – o‘xshash qismlaridan tashkil topgan, “o‘xshash qilish” yoki “birlashish” degan ma’nolarni anglatadi. Qadimgi Rim adabiyoti va falsafasida bu termin moddiy va ma’naviy jihatdan bir narsaning boshqasiga singib ketishi ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik u turli ilmiy sohalarga ko‘chib, yangi qirralarga ega bo‘lgan. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Assimilyatsiya tushunchasi turli sohalarda, jumladan, tilshunoslik, etnografiya va biologiyada keng qo‘llaniladigan ko‘p qirrali termindir. Tilshunoslikda assimilyatsiya – bir so‘zdagi tovushlarning bir-biriga ta’sir qilib, bir-biriga o‘xshab qolishi hodisasidir. Bu fonetik qonuniyat barcha tabiiy tillarda uchraydi va nutqni osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Assimilyatsiya nutq tovushi qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o‘ziga moslashtiradi. Bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi: progressiv va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi: ket+di – ketti, ayt+di–aytti, ot+dan– ottan, yurak+ga–yurakka, ek+gan–ekkan, qishloq+gacha– qishloqqacha. Кeyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi: yigit+cha–yigichcha, bir+ta –bitta, uch+so‘m–usso‘m. Regressiv assimilyatsiya, odatda, progressiv assimilyatsiyaga nisbatan nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so‘zning talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo‘lmog‘i lozim. Assimilyatsiya to‘liq va qisman bo‘lishi mumkin. To‘liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi va to‘lig‘icha uning tusiga kiradi: non+voy–novvoy, terak+ga–terakka. Qisman assimilyatsiyada nutq tovushidan biri ikkinchisini biron tomondan qisman o‘xshatadi (moslashtiradi): osh+ga– oshka, ish+ga–ishka, uch+ta–ushta, pochta–poshta. Assimilyatsiyada, odatda, ketma-ket joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi kuzatiladi va bu kontakt assimilatsiya deb yuritiladi. Ba’zan so‘z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi ham ro‘y beradi va bu distant assimilatsiya deb ataladi. Masalan, sichqon-chichqon, soch-choch kabi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Ассимиляция |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | (латын тилинен assimilatio — окшошүү, өздөштүрүү) — бир нерсенин экинчи бир нерсеге окшошуп же сиңип кетүү процесси. Бул түшүнүк илимдин ар кандай тармактарында ар башка маанини билдирет. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | жанаша турган тыбыштардын артикуляциялык ж-а акустикалык жактан жасалуу таасири астында бири-бирине окшошуу процесси. Мис., сөздөгү баштапкы уяң же жумшак үнсүздөрдүн таасиринде кийинки каткалаң үнсүздүн жумшарышы же тескерисинче, каткаландашуусу ж.б. көрүнүштөр. Окшошуу процессинин негизинде толук ж-а толук эмес А. байкалат. Толук А.-жанаша турган үнсүз тыбыштардын бири-бирине толук айкалып айтылышы Толук эмес А. - айрым тыбыштардын түрдүүчө айтылып, башкача жазылышы. Ал эми окшошуу процессинин багытынын негизинде А-нын прогрессивдүү ж-а регрессивдүү түрлөрү айырмаланат. Эгерде баштапкы тыбыштын таасири астында кийинки тыбыш окшошуу процессине дуушар болсо (алга карай окшошуу) прогрессивдүү А. деп аталат. А-нын мындай түрү кыргыз, түрк тилдеринде байкалат, башка тилдерде өтө сейрек кездешет. Түрк тилдеринде мындай кубулуш уңгудагы үндүү тыбыштардын алга карай үндөшүп ээрчиши (сингармонизм) м-н мүнөздөлөт. Эгерде баштапкы тыбыш кийинки тыбыштын таасири астында окшошуу процессине дуушар болсо (артка карай окшошуу) регрессивдүү А. деп аталат. Мис., тузсуз-туссуз, түнбү-түмбү, чачтуу-чаштуу, аз сүйлө-ассүйлө ж.б. Жогоруда айкын болгондой, А. кубулушуна бир сөз ичиндеги жанаша турган үнсүз тыбыштар гана эмес, бөлөк тыбыштар дагы ээ. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |