Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Atash semasi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Atash semasi birikmali termini lotincha “sema” – belgi, yunoncha “sēma” – ishora, belgi degan ma’nolarni anglatadi. Bu so‘zning moddiy shakli bilan unga mos keluvchi obyektiv borliq hodisasi o‘rtasidagi semantik bog‘liqlikni ifodalovchi minimal ma’no birligidir. U semantika va leksikologiyaning tarkibiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. Atash semasi – tilshunoslikni o‘rganuvchi har bir tadqiqotchi uchun fundamental tushuncha bo‘lib, u leksikologiya, semantika va kognitiv tilshunoslikning kesishmasida joylashgan. So‘z – tilning eng kichik mustaqil birligi bo‘lib, u nafaqat tovushlar yig‘indisidan iborat, balki borliqni nomlash, aks ettirish va ifodalash kuchiga ega. Har bir mustaqil so‘z turkumi, xususan, ot, fe’l, sifat, ravish – barchasi birinchi navbatda atash vazifasini bajaradi. Bu funksiya so‘zni kommunikativ qurolga aylantiradi |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-predmetlik, miqdorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-biriga bog‘lab turadi. Bir xil yoki o‘xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko‘p holda atash semasi bir xil bo‘ladi. Masalan, yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib yoki yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet ma’nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir xil. Yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib leksemalarining atash semalari quyidagilar: 1) “belgi”; 2) “barqaror belgi”; 3) “sifat belgi”; 4) “shaxsiy baho”; 5) “ijobiy”; 6) “ichki-tashqi”. Shu bilan birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo‘lib, ular tuzuk leksemasida “me’yordan bir pog‘ona pastlik”, yaxshi leksemasida “me’yordalik”, ajoyib leksemasida “me’yordan bir pog‘ona yuqorilik” semalaridir. Yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet leksemalarida esa: 1) “inson boshi old tomoniga xos”; 2) “peshonadan iyakkacha bo‘lgan qism” semasi atash semasi. Demak, muayyan sememani semaga ajratishda, semaning tabiatini belgilashda, albatta, leksema paradigmada o‘z korrelyanti bilan tekshirilishi lozim. Aks holda, leksemaning relevant (muhim) va irrelevant (muhim bo‘lmagan) semasini farqlashning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ingliz tilidagi brother leksemasining sememasi “qarindosh”, “qon-qarindosh, “bevosita” atash semalariga ega. O‘zbek tilidagi aka leksemasida esa bu sema bilan birgalikda “mendan katta” relevant semasi ham bor. Chunki aka leksemasi shu semasi bilan uka leksemasiga qarama-qarshi turadi. Brother leksemasiga shu sema bilan qarshilanuvchi birlik yo‘q, shu boisdan unda noaniq tabiatli “mendan katta/mendan kichik” semasi mavjud bo‘lib, u noaniq bo‘lganligi sababli irrelevantdir. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |