info@gmail.com +998 99 741 35 23

Baynalmilal leksika — Байналминалдык лексика

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiBaynalmilal leksika
Terminning o'zbekcha etimologiyasiBaynalmilal leksika termini ikki qismdan tashkil topgan. Baynalmilal so‘zi arabcha “bayn” –“o‘rtasida”, “orasida” va “milal”– “millatlar” so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, “millatlar o‘rtasidagi”, “xalqaro”, “internatsional” ma’nolarini anglatadi. Leksika so‘zi yunoncha “lexikos”– “so‘zga oid”, “lug‘atga oid” hamda “lexis” –“so‘z”, “nutq” so‘zlaridan kelib chiqqan. Shunday qilib, baynalmilal leksika atamasining etimologik ma’nosi “millatlar o‘rtasida umumiy qo‘llanadigan so‘zlar majmui” yoki “xalqaro xarakterga ega bo‘lgan lug‘at birliklari” degan ma’noni bildiradi. Masalan: telefon, radio, universitet, internet, kompyuter, demokratiya kabi so‘zlar ko‘plab tillarda o‘xshash shakl va ma’noda qo‘llanadi, shu sababli ular baynalmilal leksikaga kiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiBaynalmilal leksika – jahondagi ko‘plab qardosh bo‘lmagan tillarda bir xil yoki o‘xshash shakl va aynan bir ma'noda qo‘llaniladigan, xalqaro miqyosda umumiylashgan so‘zlar majmuidir. Bunday so‘zlar, asosan, lotin va yunon tillaridan olingan bo‘lib, fan, texnika, san’at, iqtisodiyot va siyosat rivoji bilan deyarli barcha milliy tillarga tarqalgan. Odatda dunyo xalqlari uchun tushunarli bo‘lgan tushunchalarni ifodalaydi. Masalan, geometriya, kompyuter, respublika, telefon, virus kabi. O‘zbek tiliga baynalmilal so‘zlar, asosan, XX asrda va xorijiy tillardan, ko‘pincha rus tili orqali o‘zlashgan bo‘lib, o‘zbekcha yozuv va talaffuz me'yorlariga moslashgan. Tilshunoslikda bu so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri lug‘at boyligini o‘rganishda alohida o‘rin tutadi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiБайналминалдык лексика
Terminning qirg'izcha etimologiyasiБайналминалдык лексика термининин этимологиясы араб, перс жана европалык тилдик элементтердин айкалышынан түзүлгөн. «Байнал» — араб тилиндеги bayna («арасында», «ортосунда») деген сөздөн келип чыккан. «Милал» — арабча milal (مِلَل) — «элдер», «улуттар», «диндер» деген маанилерди билдирген milla сөзүнүн көптүк формасы. «Байналмилал» (bayn al-milal) — түз маанисинде «элдердин/улуттардын ортосундагы», «эл аралык» деген маанини берет. «-дык» — кыргыз тилиндеги таандыктыкты, белгини билдирүүчү сөз жасоочу мүчө. «Лексика» — грек тилиндеги lexikos («сөзгө тиешелүү», «сөздүк») деген сөздөн келип, тилдеги сөздөрдүн жыйындысын билдирет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi«байналминалдык лексика» деген түшүнүк жалпы маанисинде ар түрдүү тилдерде окшош же дээрлик бирдей колдонулган, эл аралык мүнөзгө ээ болгон сөздөрдүн катмарын билдирет. Мисалы: институт, университет, театр, демократия, экономика, республика сыяктуу сөздөр көптөгөн тилдерде үндөш жана маанилеш колдонулат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni10