info@gmail.com +998 99 741 35 23

Belgisiz qaratqich kelishigi —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiBelgisiz qaratqich kelishigi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiBelgisiz qaratqich kelishigi yoki nol shakl – bu qaratqich qo‘shimchasi -ning tushib qolgan, lekin qaralmishdagi egalik qo‘shimchasi -i, -si, -m, -ng vositasida munosabat saqlanib qolgan strukturadir. U sintaktik aloqani osonlashtirish va nutq ixchamligini ta’minlash maqsadida qadimgi turkiy tillardan meros bo‘lib qolgan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiQadimgi turkiy tillarda “qaratqich kelishigi” alohida grammatik belgi sifatida mavjud bo‘lmagan. O‘sha davrlarda ikki otning bosh kelishikdagi sintaktik aloqasi orqali munosabat shakllangan, ya'ni qo‘shimchasiz, faqat so‘z tartibi va kontekst yordamida egalik ifodalangan. Hozirgi qaratqichning tarixiy ildizi shu “sintaktik aloqa” tamoyiliga borib taqaladi. Bu tamoyil zamonaviy o‘zbek tilidagi “belgisiz qaratqich” hodisasining ham asosiy izohini beradi. Tildagi morfologik belgi keyinchalik grammatikalashib, shakllangan, ammo qadimiy sintaktik model hali ham saqlanib qolgan. Tilshunoslik tadqiqotlarida qaratqich kelishigi har doim -ning kabi ochiq morfologik belgi bilan namoyon bo‘lmasligi aniqlangan. Ayrim sintaktik konstruktsiyalarda qaratqich belgisiz shaklda, ya'ni qo'shimchasiz ifodalanadi, ammo semantik munosabat saqlanib qoladi. Masalan: belgili qaratqich – “Kitobning muqovasi” -ning qo‘shimchasi aniq ko‘rinib turadi hamda munosabat morfologik jihatdan ifodalangan. Belgisiz qaratqich bunda “Kitob muqovasi” qo‘shimcha yo‘q, ammo egalik munosabati kontekst orqali tushuniladi. Egalik qo‘shimchasiz qo‘llangan holat – ba’zi konstruktsiyalarda egalik qo‘shimchasi ham tushib qolishi kuzatiladi. Semantik bog‘lanish yetarli bo‘ladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni11