Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Bo‘yoqdor leksika |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Bo‘yoqdor leksika” – bu tilning badiiy tasvir vositalariga boy, jozibador, rang-barang so‘z boyligini anglatadi. Bu tushuncha tilshunoslikda neologizmlar, arxaizmlar, o‘zlashma so‘zlar va boshqa leksik qatlamlar bilan bir qatorda o‘rganiladi. “Bo‘yoqdor leksika” o‘zbek tilining boyligi, uning ifodaviy va badiiy imkoniyatlarining kengligini ko‘rsatadi. Tilning rivojlanishi yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi va mavjud so‘zlarning yangicha qo’llanilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Bunday leksemaning kishi hissiy munosabatini ifodalovchi ifoda semasi bo‘rtib turadi. Masalan: ulkan, badnafs, qiltiriq, oniy, tashrif, oraz, yovqur, mahliqo, badbashara. Bo‘yoqdor leksemaning ifodaviyligi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra bo‘yoqdor leksemalar ijobiy bo‘yoqdor leksema va salbiy bo‘yoqdor leksemaga bo‘linadi. Ijobiy bo‘yoqdor leksema so‘zlovchining borliq hodisasiga ijobiy munosabatini ifodalaydi va ular sememalarida tegishli ifoda semalari ijobiy bo‘ladi. Masalan: 1.Onam deganimda, oqsoch, jafokash munis va mehribon chehrang bo‘lar namoyon (G‘.G‘ulom). 2. U hamisha kulib, jilmayib turadigan mehribon chehrani ko‘rmadi. (M.Ismoil). 3.Orazin yopqoch, ko‘zimdan sochilur har lahza yosh (Navoiy). Salbiy bo‘yoqdor leksema borliq hodisasiga so‘zlovchining salbiy munosabatini ifodalaydi va ular sememasida salbiy munosabatni ifodalovchi sema bo‘rtib turadi. Masalan: 1. So‘ngra yakkam-dukkam iflos tishlarini yashirgan og‘zini katta ochib esnadi, go‘yo uning butun badburush yuzini og‘iz qopladi (Oybek). 2. U bir ko‘ngli borib, muttaham qozining tumshug‘iga tushirgisi, yo iflosbasharasiga tupurgisi keldi (M.Ismoil). Ijobiy bo‘yoqdor leksema nutqda salbiy bo‘yoqdor leksema o‘rnida voqelanishi mumkin. Masalan: 1. Jamolingizni (“basharangizni” ma’nosida) boshqa ko‘rmay! 2. Rosaxursand qildingiz (“xafa qildingiz” ma’nosida). Leksemaning ijobiy va salbiy bo‘yog‘ini ijobiy va salbiy ma’nodan farqlash kerak. Masalan, yaxshi leksemasi ijobiy ma’noga ega, ammo uning ifoda semasi bo‘yoqdorlikni ko‘rsatmaydi, ya’ni u bo‘yoqsizdir. Xunuk salbiy ma’noga ega bo‘yoqsiz leksema. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |