info@gmail.com +998 99 741 35 23

Bu —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiBu
Terminning o'zbekcha etimologiyasiBu olmoshining etimologiyasi qadimgi turkiy tillarga borib taqaladi. Turkiy tillardagi eng qadimiy ko‘rsatish olmoshlaridan biridir. Qadimgi turkiy yodgorliklarda bu shaklida uchraydi va “mana shu, so‘zlovchiga yaqin bo‘lgan narsa yoki shaxs” ma’nosini anglatadi. Bu olmosh ko‘plab turkiy tillarda deyarli o‘zgarmagan holda saqlanib qolgan. O‘zbekcha bu, qozoqcha бұл (būl), qirg‘izcha бул (bul), uyg‘urcha بۇ (bu), turkcha bu. Olimlarning fikricha, u qadimgi turkiy bu ko‘rsatish negizidan kelib chiqqan bo‘lib, uning dastlabki vazifasi yaqinlikni ko‘rsatish bo‘lgan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi1.Ko‘rsatish olmoshi. 1 So‘zlovchiga yaqin, uning ko‘z o‘ngidagi, oldidagi, yonidagi yoki qo‘lidagi narsani, kimsani bildirib keladi yoki o‘shanga ishora qiladi. Bu kishi ̶ bizning o‘qituvchimiz. Men uchun endi bu jahonda yolg‘iz siz borsiz, xolos! (O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.) Bu niyat uning xotini Sobiraxonga juda ma’qul bo‘ldi. (A.Qahhor, Asarlar.) 2.Qarama-qarshi ikki narsadan birini yoki biror tomonni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ko‘chaning bu betidagi uy. Daryoning u betidan bu betiga suzib o‘tmoq. Dushman o‘q yegan to‘ng‘izday, o‘zini u yoqdan bu yoqqa urar edi. (A. Qahhor, Asarlar). U yoqni qaradik, bu yoqni qaradik – yo‘q. (Oybek, Tanlangan asarlar.) 3.Chog‘ishtiriladigan ikki narsa, kimsa, voqea, hodisa va shu kabilardan birini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. U boshqa, bu boshqa. Undan bu yaxshi. Birovga u dedi, birovga bu dedi.. Xullas, yo‘nma she’rini bostirishga muyassar bo‘ldi. (“Mushtum”.) 4.So‘z borayotgan paytga yoki unga yaqin fursatga ishora qiladi. Bu kunlarda Bo‘ta-boy butun ro‘zg‘or o‘ziga qolgan yosh yigitchaday bo‘lib qoldi.( A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.) Bu kecha Shoqosim juda xursand edi. (Oybek, Tanlangan asarlar.) 5.Bu o‘rtada 1) yaqin atrofda. Bu o‘rtada magazin yo‘qmi?; 2) biror ish yoki vaqt davomida. Endi sotishga hech narsam qolmagan edi. Bu o‘rtada dadam qazo qildi. (Oybek, Tanlangan asarlar.) 6.Muomalaga yarasha muomala qilish yoki biror narsa evaziga boshqa narsa berish kerak bo‘lganda qo‘llanadigan ibora. Sizdan ugina, bizdan bugina. U yoqdan kirib, bu yoqdan chiqmoq Ishni naridan-beri, chalakam-chatti bajarmoq, chala-chulpa qilib ketmoq. 7.Undan-bundan 1) har kimdan; har narsadan. Undan-bundan so‘rab bilmoq; Undan-bundan gaplashib o‘tirmoq. Uni qo‘y, buni qo‘y Boshqasini qo‘yatur. Uni qo‘y, buni qo‘y, qachon yo‘lga chiqamiz? U emas, bu emas, ayb o‘zingda.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3