info@gmail.com +998 99 741 35 23

Buncha —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiBuncha
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Buncha” so‘zining etimologiyasi “bu” ko‘rsatish olmoshiga borib taqaladi. U quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: bu ̶ yaqinlikni bildiruvchi ko‘rsatish olmoshi; -ncha (-cha) – miqdor-daraja yoki o‘lchovni bildiruvchi qo‘shimcha. Natijada: bu + ncha → buncha. Lug‘aviy ma’nosi: “bu qadar”, “shu darajada”, “shuncha miqdorda”.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi1.Ravish. Bu qadar, bunchalik, shunchalik. Buncha kech qoldingiz. O, buncha dardkashsan, ona sayyora. A. Oripov, Yillar armoni. Oqqa buncha belanibdi u odam. H.Olimjon. 2.Belgilash olmoshi. Shu miqdorda; shu miqdordagi. Buncha gapni qayerdan topib yozdingiz! A. Qahhor, Oltin yulduz. Buncha xotin, buncha bola-chaqa qayerga sig‘adi? Oybek, Tanlangan asarlar. Kelish-ketishingdan ne edi matlab, Ne uchun boshimga solding buncha g‘am. A. Oripov, Yillar armoni.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3