Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Bunday |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Bu ̶ so‘zlovchiga yaqin bo‘lgan narsa, belgi yoki hodisani ko‘rsatuvchi olmosh -nday (-unday) – o‘xshatish, qiyoslash va belgi ma’nosini hosil qiluvchi qo‘shimcha. Natijada bu + nday → bunday. Lug‘aviy ma’nosi: “shu kabi”, “shu tarzdagi”, “mana shunday”. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | 1. Ko‘rsatish olmoshi. Xuddi aytilganga, ko‘zda tutilganga yoki ko‘z o‘ngidagiga o‘xshash, teng; bunaqa, bu kabi. 2. Ravish vazifasida. Shu qadar, shunchalik, bunchalik. Bir joyga borib, sira bunday kech qolgan emas edi. 3.Quyidagicha. Bir xatida bunday debdi: “Katta poxoddan keyin hozir dam olib o‘tiribmiz. Juda charchaganman”. A. Kahhor, Oltin yulduz. 4. Ravish vazifasida. Aytilganga, kutilganga, ko‘zda tutilganga yoki ko‘z o‘ngidagiga o‘xshash bir zaylda, tarzda; shunday. Yo‘q, bunday bo‘lmasligi kerak, bunday bo‘lmasligi kerak, bu insofdan emas. (X. Sultonov, Onamning yurti.) Qoratoy, san bunday qil, hozir borib yot, charchagansan. (Oybek, Tanlangan asarlar.) Yo‘q bunday emas! Mening zotimda jinoyatchshar yo‘q. (Mirmuhsin, Me’mor.) 5. -lar qo‘shimchasini olib otlashganda, biror guruh vakili bo‘lgan shaxsni anglatadi. Kim biladi, unaqalar ko‘p axir, ukam, Kim ham axir bundaylarni yo‘lga solibdi. (A. Oripov, Yillar armoni.) |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |