Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Chama son |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Chama son termini ikki tarkibiy qismdan – chama va son leksemalaridan tashkil topgan. Terminologik birikmaning birinchi komponenti bo‘lgan chama o‘zbek tilida “o‘lchov, me’yor”, shuningdek, “mo‘ljal, taxmin” ma’nolarini ifodalaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida chama ot sifatida “o‘lchov, me’yor” va “mo‘ljal, taxmin” ma’nolarida berilgan. Shuningdek, lug‘atda chama son alohida tilshunoslik termini sifatida “chama, taxmin bildiruvchi son” tarzida izohlangan. Shu jihatdan chama son terminining nomlanish motivatsiyasi bevosita uning semantik xususiyati bilan bog‘liq. Ya’ni ushbu son turi predmet yoki hodisaning aniq miqdorini emas, balki taxminiy, chamalangan miqdorini bildiradi. Masalan: o‘ntacha, yuzlarcha, minglab, uch-to‘rt kabi shakllarda miqdor aniq chegaralanmaydi, balki ma’lum bir miqdorga yaqinlik yoki taxmin ma’nosi yuzaga keladi. O‘zbek tilining ta’limiy korpusida ham chama son miqdor sonning alohida turi sifatida berilib, uning -tacha, -lab, -larcha qo‘shimchalari, sonlarning juft qo‘llanishi hamda taxminan, qariyb, taqriban kabi vositalar yordamida hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Termin tarkibidagi son komponenti esa miqdor va sanog‘ini ifodalovchi grammatik kategoriyani bildiradi. Natijada chama + son birikmasi miqdorni chamalab, taxminan ifodalovchi son ma’nosini anglatadi. Chama sonning tarixiy ildizlari ham ancha qadimiydir. Eski o‘zbek tili materiallarini o‘rganuvchi manbalarda XV–XIX asrlarga oid yozma yodgorliklarda taxminiy miqdorni ifodalash uchun -cha/-che affiksi, sonlarning juft holda qo‘llanishi hamda chag‘liq kabi birliklardan foydalanilgani qayd etiladi. Masalan: yuzcha, besh mingcha shakllari -cha affiksi orqali taxminiy miqdorni bildirgan; to‘rt-besh ming kabi juft sonlar ham chama ma’nosini ifodalagan. Bu ma’lumot chama son tushunchasi o‘zbek tilida tarixiy jihatdan qadimiy ekanini ko‘rsatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa mazkur grammatik ma’no tizimlashib, -tacha, -larcha, -lab kabi shakllar hamda sonlarning juft qo‘llanishi orqali ifodalanadi. Shavkat Rahmatullayev ham chama sonning -cha, -larcha, -lab affikslari va son birliklarini juftlash orqali hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Chama son – predmet, shaxs yoki hodisalarning miqdorini aniq emas, balki taxminiy va chamalangan tarzda ifodalovchi son turidir. U miqdorning muayyan songa tengligini emas, balki shu songa yaqin yoki uning atrofidagi miqdorni bildiradi. Shuning uchun chama sonning mazmuniy asosini miqdoriy taxminiylik, noaniqlik va chamalash tashkil etadi. Chama son qo‘llanganda so‘zlovchi miqdorni aniq sanab ko‘rsatmaydi, balki uning taxminiy miqdorini bildiradi. Masalan: besh-olti talaba birikmasida talabalar soni aynan besh yoki olti ekanligi emas, besh-olti atrofidagi miqdor nazarda tutiladi. O‘ntacha kitob birikmasida esa kitoblarning soni aniq o‘n emas, o‘n atrofida ekanligi anglashiladi. Yuzga yaqin odam birikmasida ham odamlar sonining yuzga yaqinligi ifodalanadi. Chama sonlar, asosan, aniq miqdor noma’lum bo‘lgan yoki uni aniq ko‘rsatish zarur bo‘lmagan vaziyatlarda ishlatiladi. Ular nutqda miqdorni umumlashtirish, chamalash va taxminiy tarzda ifodalash imkonini beradi. Misollar: uch-to‘rt kun, besh-olti kishi, o‘ntacha daftar, yuzlab odam, yigirmaga yaqin talaba kabi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Чамалама сан атооч |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Чамалама сан атооч Термин эки бөлүктөн турат: 1. Чамалама – кыргыз тилиндеги «чамалоо» этишинен жасалган. Чамалоо – бир нерсенин санын, көлөмүн же өлчөмүн так аныктабай, болжол менен эсептөө, болжолдоо деген маанини билдирет. Чама сөзү «өлчөм, болжолдуу өлчөм, мүмкүнчүлүк» маанилеринде колдонулат. Чамалоо → чамалама формасында «болжолдуу, так эмес» деген маанини берет. 2. Сан атооч – сан + атооч компоненттеринен түзүлгөн термин. Сан – өлчөмдү, эсепти билдирген сөз. Атооч – «ат, аталыш» маанисиндеги ат- түбүнөн келип, «атаган, атаган сөз» деген түшүнүктү берет. Демек, сан атооч — заттын санын, эсебин же иретин атаган сөз түркүмү. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Чамаланган санды билгизип, сөз өзгөртүүчү системасы менен дээрлик өзгөрбөгөн, мүнөздүү түрдө айкындоочтун милдетин аткарган сан атоочтор чамалама сан атоочтор деп аталат. Чамалама сан атооч заттардын санын так, ачык-айкын билгизбестен, болжолдоп, чамалап билгизет, морфологиялык жол менен да, синтаксистик жол менен да жасалат. Морфологиялык жол менен жасалышында төмөнкү мүчөлөр менен уюшулат. -ча: кыркча, элүүчө, миңче ж.б. -дай: кырктай, ондой, жүздөй ж.б. -лаган: ондогон жүздөгөн, миңдеген ж.б. -лар: бештерде, отуздарда ж.б. Чамалама сандын синтаксистик жол менен жасалышында сан атооч чамалоо, өлчөм маанисиндеги сөздөр менен айкаша колдонулат же кош сөз тибиндеги эки башка сан атооч пайдаланылат. Уңгу түрүндөгү эсептик санга чакты, чамалуу сөздөр айкалышат: он чакты бала, миң чамалуу китеп, жүз чамасында адам. Бир өгүз арабага да он чакты кап менен эгин салышып, аны да пристанга узатышты. (Ч.А.) Чыгыш жөндөмөсүндөгү эсептик санга ашык, ашуун, көп, кем, аз деген сөздөр айкашат: миңден ашуун, он миңден көп ж.б. Биздин өлкөдө жүздөн ашуун улут жашайт. Барыш жөндөмөсүндөгү эсептик санга жакын деген сөз айкашат: Жер жүзүндө 8500 гө жакын түрдүү куш бар ж.б. Эсептик санды катар колдонуп, кош сөздөр тибине келтирүү аркылуу. Мындай учурда алардын алгачкысы кичине санды, кийинкиси чоң санды билгизүү керек: 10-15, 40-50 ж.б. Чамалама сан атоочтор заттык мааниге ээ болсо (субстантивдешпесе) сөз өзгөртүү системалары аркылуу өзгөрбөйт. Бирок кош сөздөр тибиндеги жамдама сан атоочтон жасалса, алардын жөндөлүү мүмкүнчүлүгү сакталат: үчтөртөөнү чакырды, төрт- бешөөнөн уктум ж.б. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |