Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Derevatsion sinonimiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Derivatio” termini lotincha so‘z bo‘lib, “o‘zgartirish, hosil qilish va kelib chiqish” ma’nolarini bildiradi. Bu termin tilshunoslikda so‘z yasalishi jarayonlarini, ya’ni bir so‘zdan boshqa so'‘ning hosil bo‘lishini ifodalash uchun keng qo‘llaniladi. “Sinonimya” termini esa qadimgi yunon tilidagi ikkita so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Yunoncha “syn” – birga, birgalikda, “onomo” – nom, ism degan ma’nolarni anglatadi. Sinonim – “bir nomli”, yoki “bir xil nomga ega”, ya’ni ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar demakdir. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Derivatsion morfemaning bir-biriga yaqin ma’noni ifodalashi derivatsion sinonimiya deyiladi. Masalan, sifat yasovchi -li, -dor, -ser, -ba morfemalari o‘zaro sinonim: (savlatli), (savlatdor), (sersavlat), (basavlat) kabi. Ma’nodoshlik morfemalararo to‘liq emas, balki ayrim ma’no qirralari orasida bo‘ladi. Ya’ni bir morfema ikkinchi morfema bilan barcha ma’nolari asosida sinonim bo‘la olmaydi. Bugungi kunda derivatsion sinonimiya va derivatsion darajalanishni farqlash tilshunosligimizda tadqiqini kutayotgan muammolardan. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 10 |