info@gmail.com +998 99 741 35 23

Derevatsiya — Деривация

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiDerevatsiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Derivatio” termini lotincha so‘z bo‘lib, suvning asosiy manbadan yon irmog‘iga oqishi tasviridan kelib chiqqan. Tilshunoslikda esa bu – asosiy so‘zdan yangi so‘zning hosil bo‘lishi jarayonini anglatadi. Yevropa tilshunosligida ushbu termin ko‘p yillardan beri so‘z yasalishi ma’nosida qo‘llanilib kelinmoqda.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslik an’anasida “derivatsiya” lotincha “derivation” so‘zidan olingan bo‘lib, “ayrilish” degan ma’noni anglatadi. Derivatsiya bir necha usul va shakllarda namoyon bo‘ladi. Har bir tur tilning o‘ziga xos qonuniyatlariga asoslanadi va yangi so‘zlar yaratishda turli mexanizmlardan foydalanadi. Masalan: Morfologik derivatsiya – so‘zga qo‘shimchalar (affikslar) qo‘shish orqali yangi so‘z hosil qilish: “ish” + “-chi” = “ishchi”. Sintaktik derivatsiya – gap tarkibida so‘zlar o‘rtasidagi munosabatlar orqali yangi ma’no yoki tuzilmalar hosil bo‘lishi. Leksik derivatsiya – mavjud so‘zlardan yangi so‘zlar yaratish jarayoni – lug‘at boyligini kengaytiradi. Semantik derivatsiya – so‘zning ma’nosi kengayishi yoki o‘zgarishi orqali yangi ma’no hosil bo‘lishi. So‘z yasash jarayoni deganda so‘z yasash asosi va hosila orasida denotativ (atash, nomlash) ma’nolarda farqning bo‘lishi tushuniladi. Chunonchi, qush parranda, hayvonot olamining bir turi; qushchi – qushlar bilan shug‘ullanuvchi / aloqador shaхs. Ikki so‘z borliqdagi ikki хil hodisani atab kelmoqda. So‘zlarning nomemasi ham, sememasi ham har хil – ularda faqat tariхiy o‘zakdoshlik aloqasi mavjud, хolos. Shu asosda derivatsiyani odatda leksik hodisalar sirasiga kiritadilar.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiДеривация
Terminning qirg'izcha etimologiyasi(лат. derivatio - буруп келүү, кайтаруу, түзүү) - сөздөрдүн баштапкы негизине таянуу менен жаңы форманын келип чыгуу (пайда болуу) процесси. Жөнөкөй учурда – уңгуга мүчөнүн жалганышы: бука-букачар, кыш - кышында. Ошондуктан Д. кээ бир учурларда сөз жасоо деп да айтыла берет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi. кеңири мааниде сөз өзгөртүүнү (inflection) белгилөө үчүн жалпыланган термин катары түшүндүрүлөт же сөз жасоо (wordformation) же тилдеги ар кандай жаңы сөз жасоо (экинчи белги) процесстерин атоо үчүн колдонулат. Д. процессинде баштапкы кабыл алынган бирдиктин (сөздүн, сүйлөмдүн) семантикалык ж-а структуралык түзүлүшүнүн өзгөрүшү келип чыгат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni9