Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Differensiatsiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Differensiatsiya termini lotincha “differentia” so‘zidan olingan bo‘lib, “farqlanish”, “ajralish” ma’nolarini bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | 1) Tilshunoslikda differensiatsiya til birliklarining shakl, ma’no yoki vazifa jihatidan bir-biridan ajralib borish jarayonini anglatadi. Bu hodisa natijasida ilgari yaqin yoki o‘xshash bo‘lgan birliklar mustaqil xususiyatlarga ega bo‘ladi: artmoq va archmoq fe’llarining fonetik hamda semantik jihatdan bir-biridan farqlanib ketishi. 2) Differensiatsiya til taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri bo‘lib, uning natijasida sheva va lahjalar o‘rtasidagi farqlar kuchayadi. Vaqt o‘tishi bilan bu farqlar mustaqil tillarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Lotin tilining differensiatsiyasi natijasida ispan, italyan, portugal va fransuz tillari shakllangan. Qadimgi turkiy til negizida o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur va boshqa turkiy tillarning yuzaga kelishi ham shular jumlasidandir. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Дифференциация |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Дифференциация термини латын тилиндеги differentia — «айырмачылык», «өзгөчөлүк», «айырмалоо» деген сөздөн келип чыккан. Латынча differentiare — «айырмалоо», «бөлүп көрсөтүү», «өзгөчөлөө» деген маанилерди билдирет. Термин орус тили аркылуу кыргыз тилине илимий термин катары кирген. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Дифференциация – кандайдыр бир белгилерине, касиеттерине же өзгөчөлүктөрүнө жараша нерселерди, кубулуштарды же түшүнүктөрдү бири-биринен айырмалоо, бөлүп кароо процесси. Тил илиминде дифференциация – тилдик бирдиктердин айтылышы, мааниси, колдонулушу же түзүлүшүндөгү айырмачылыктарды аныктоо жана аларды бири-биринен ажыратуу процесси. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 8 |