Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Durativ |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Durativ termini inglizcha “durative”, fransuzcha duratif va italyancha durativo shakllari orqali tilshunoslikka kirib kelgan. Ushbu atamaning ildizi lotincha durare (“davom etmoq”, “uzoq vaqt saqlanmoq”) fe’liga borib taqaladi. Shu sababli terminining asosiy ma’nosi davomiylik va uzluksizlik tushunchalari bilan bog‘liqdir. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda durativ harakatning davom etishini, muayyan vaqt oralig‘ida uzluksiz kechishini bildiruvchi grammatik yoki semantik xususiyatni anglatadi. Bunday harakatlar tabiatan aniq tugash nuqtasiga ega bo‘lmaydi va bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish chegarasi bilan bog‘lanmaydi. Durativlik terminativlikka qarama-qarshi qo‘yiladi. U asosan fe’llarning aspektual (tarz) xususiyatlarini tavsiflashda qo‘llanadi va ko‘pincha uzluksiz davom etuvchi harakat yoki holatni ifodalaydi: sevmoq, his qilmoq, tushunmoq, kutmoq, yashamoq fe’llari durativ ma’noga ega: U kitobni yaxshi ko‘radi gapidagi ko‘radi fe’li davomiy holatni bildiradi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |