Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Egalik kategoriyasi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Egalik kategoriyasining ildizlari qadimgi turkiy yozma yodgorliklarga borib taqaladi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari (XI asr) bu kategoriyaning o‘rta asrlardagi ko‘rinishlarini batafsil yoritadi. Qadimgi shakllarda zamonaviy affiks tizimidan farqli xususiyatlar kuzatilgan. Masalan: ba’zi affikslar bugungi kunda iste’moldan chiqqan yoki o‘z fonetik qiyofasini o‘zgartirgan.Til taraqqiyoti jamiyat turmush tarzi, iqtisodiy va madaniy aloqalar bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘chmanchi turmush tarzidan o‘troq hayotga o‘tish, islom madaniyatining ta’siri va adabiy tilning shakllanishi egalik kategoriyasini ham o‘zgartirgan. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Egalik kategoriyasi barcha mustaqil so‘z turkumi uchun umumiy kategoriyadir. Uning fe’l turkumida yuzaga chiqishiga misollar: uning aytgani, bizning bormaganimiz, qizlarning kelgani. Fe’lda egalik kategoriyasining “keyingi mustaqil so‘zni oldingi mustaqil so‘zga bog‘lash” umumiy gramatik ma’nosini “keyingi fe’lni oldingi mustaqil so‘zga bog‘lash” tarzida xususiylashtiradi. Bu kategoriyaning ko‘rsatkichlari quyidagilar: -(i)m, -(i)miz, -(i)ng, -(ing)iz, -(i)si. Egalik affiksi tarkibida beriluvchi -lar shaxs haqida emas, balki egalik qilinayotgan narsa/predmet haqida ma’lumot tashigani, shu narsaning ko‘pligiga ishora qilganligi tufayli uni bu kategoriya bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Masalan, ...Antey kuchni yerdan oladi, Said Ahmad ...ularning maqtovlaridan. Maqtovlari so‘zshaklidagi -lar maqtovning ko‘pligini ko‘rsatmoqda. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 11 |