Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kelasi zamon |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kelasi zamon terminining etimologiyasi ikki tarkibiy qismdan iborat: kelasi so‘zi turkiy “kel-” fe’l negizidan yasalgan bo‘lib, “yaqinlashmoq”, “oldinga yo‘nalmoq”, “hali sodir bo‘lmagan, keyin yuz beradigan” ma’nolarini bildiradi. Bu shakl qadimgi turkiy til qatlamiga borib taqaladi. Zamon so‘zi arabcha “zamān” (زمان) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “vaqt”, “davr”, “payt” ma’nolarini anglatadi. Tilshunoslikda esa harakat yoki holatning nutq paytiga nisbatan vaqt munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya nomi sifatida ishlatiladi. Kelasi zamon termini etimologik jihatdan “kelajakda sodir bo‘ladigan vaqtga oid grammatik shakl” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda kelasi zamon nutq momentidan keyin yuz beradigan harakat yoki holatni ifodalovchi zamon shakli hisoblanadi. Mavjud darsliklarda grammatik illuziya natijasida kelasi zamonning ikki ko‘rinishi farqlanadi: a) kelasi zamon aniqlik shakli; b) kelasi zamon gumon shakli. Yuqorida aytilgani kabi ma’no turlaridagi “aniqlik” va “gumon” unsurlarining zamon substansial mohiyatiga tegishli joyi yo‘q. Bu ham boshqa kategoriya substansial mohiyatining kelasi zamon UGMsidagi tajallisi. Кelasi zamon ZК UGMsini “nutq momentidan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalash” tarzida xususiylashtiradi. Bu zamon: a) -a, -y (O‘zbek qizlari sevgisini aytmaydi, bir umr pinhon tutadi. (Sayyor) Bolang uch-to‘rt qiynaladi, keyin o‘rganib ketadi. (A.Qahhor); b) -(a)r/mas (Balki zavod qurish uchun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelmas. (Oybek) Shu atrofda yurgandir, kelib qolar. (S.Ayniy) affikslari orqali ifodalanadi. (Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, darsliklarda zamon shakllari sanalganda, undan keyin, albatta, shaxs-son shakllari kelishi ta’kidlanadi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 6 |