Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Eliziya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin lotincha “elision” so‘zidan olingan bo‘lib, “siqib chiqarish” degan ma’noni anglatib, so‘zlar kesishmasida ikki unli tovushning biri tushib qolishini bildiradi. Bu tovush eshitilishi mumkin, lekin she’rning vaznida hisoblanmaydi. Eliziya termini o‘zbek va g‘arb she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, rus she’riyati an’anasida bu hodisa uchramaydi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasi. Bunda bir necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi. Masalan: yoza oladi – yozoladi, bora oladi –boroladi, qora ot – qorot; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib qoladi. Masalan: borar ekan-borarkan, borar emish-borarmish, yozgan ekan-yozgankan, mulla aka-mullaka, ne uchun-nechun kabi; d) Abdusalom so‘zining Absalom, Abdujabbor so‘zining Abjabbor, olib kel so‘zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning tushib qolishi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan ko‘rinishi hisoblanadi. Bunday holda so‘zlarning qisqargan shakli hosil bo‘ladi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Элизия |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | (лат. elisio - чыгарып салуу, түртүп чыгаруу) – сөздүн акырындагы үндүүнүн үндүү м-н башталган сөзгө жанаша келгенде түшүп калышы. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Мис., кара өрүк > карөрүк, сары ала > сарала. Лингвис-тикада ушул эле мааниде "эктлипсис" деген термин да колдонулат. Ал эми карама - каршы сөздүн баш тыбышынын өзүнөн мурунку сөздүн акыркы тыбышынын таасири м-н түшүп калыш процесси аферезис деп аталат. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 8 |