info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kesimlik kategoriyasi —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKesimlik kategoriyasi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKesimlik kategoriyasi terminining etimologiyasi ikki asosiy tarkibiy qismdan iborat: kesimlik so‘zi “kesim” va -lik qo‘shimchasidan yasalgan. Kesim turkiy “kes-” fe’l negizidan kelib chiqqan bo‘lib, “yakunlamoq”, “ajratmoq”, “gapning predikativ markazini tashkil etmoq” ma’nolarini bildiradi. -lik esa turkiy tillarda keng qo‘llanadigan ot yasovchi affiks bo‘lib, holat, xususiyat yoki mavhum tushunchani ifodalaydi. Shu asosda kesimlik “kesimga xoslik”, “predikativlik xususiyati” ma’nosini anglatadi. Kategoriya so‘zi qadimgi yunoncha “kategoria” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “tasnif”, “guruh”, “sinf”, “umumiy tushuncha” ma’nolarini bildiradi. Kesimlik kategoriyasi termini etimologik jihatdan “gapda predikativlik (kesimlik) ma’nosini ifodalovchi grammatik shakllar tizimi” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda kesimlik kategoriyasi gapning predikativligini, ya’ni fikrning zamon, mayl, shaxs-son kabi grammatik ma’nolar orqali kesim shaklida ifodalanishini bildiruvchi kategoriya sifatida qaraladi. Ma’lumki, kesim gap bo‘lagi sifatida dunyodagi barcha tillarning sintaktik sistemasida alohida o‘rin tutadi. Uning mavqeyi turkiy tillarda, ayniqsa, muhim. Turkiyshunoslikda ham, o‘zbek tilshunosligida ham kesimlik kategoriyasini maxsus morfologik kategoriya sifatida ko‘rsatish urf bo‘lmoqda. Zero, u aloqa-munosabat shakllari sirasida to‘liq sintaktik funksiya bajarishi bilan ajralib turadi. Turkiy tillarning asosiy xususiyati shunda. Chunki aloqa-munosabat kategoriyalari sirasidagi kelishik va egalik so‘zlarni bog‘lashga xizmat qilsa va ko‘p hollarda gap bo‘laklarini belgilamasa, kesimlik shakllari so‘zlarga alohida sintaktik vazifa beradi. Boshqacha aytganda, “gap bo‘laklarini shakllantirish” belgisi ostidagi ziddiyatda kesimlik kategoriyasi bu belgiga to‘liq egaligi bilan ajralib turadi. Egalik kategoriyasi esa gap bo‘laklarini belgilamaydi, balki faqat so‘zning sintaktik munosabatini ko‘rsatadi. Кelishik kategoriyasi bu belgiga majhul munosabatda. Chunki, masalan, o‘rin-payt kelishigidagi so‘z hol vazifasida ham, boshqa vazifada ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Akam shaharda yashaydi (shaharda – hol). Shaharda yashaydigan akam keldi (shaharda – aniqlovchining tarkibiy qismi, hol emas). Bosh kelishikdagi so‘z ega vazifasida ham (Akam keldi), egadan boshqa vazifada ham (Akam o‘qigan kitob) kela oladi. Shuningdek, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari ham muayyan gap bo‘lagini shakllantirmaydi. Кesimlik kategoriyasining ma’nolari murakkab bo‘lib, ular quyidagilardir: a) tasdiq/inkor ma’nosi; b) mayl ma’nosi; d) zamon ma’nosi; e) shaxs ma’nosi; f) son ma’nosi; g) kesimni shakllantirish va uni gapning egasi va hol bilan bog‘lash. Kesimlik kategoriyasida beshta ma’noviy xususiyat va bir sintaktik vazifa mujassam. “Tasdiq/inkor, mayl-munosabat, zamon, shaxs, son, ma’nosini ifodalab, kesimni shakllantirish va uning gap kengaytiruvchilari (ega, hol) ga sintaktik munosabatini ko‘rsatish” – kesimlik kategoriyasining UGMsidir
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3