info@gmail.com +998 99 741 35 23

Eskirgan leksika — Эскирген лексика

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiEskirgan leksika
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin tilshunoslikda ma’lum bir davrda faol bo‘lgan, ammo hozirgi kunda qo‘llanishdan chiqqan so‘zlar va iboralarning umumiy qatlamini anglatadi. “Eskirmoq” fe’li vaqt o‘tishi bilan biror narsaning yangiligini yo‘qotib, o‘z ahamiyatini yoki qo‘llanish doirasini toraytirib borishini bildiradi. “Leksika” so‘zi esa yunoncha “lexicon” so‘zidan kelib chiqib, “so‘z”, “lug‘at boyligi” ma’nosini anglatadi. Tilning butun so‘z boyligini ifodalaydi. “Eskirgan leksika” – bu ikki tushunchaning uyg‘unlashuvidan hosil bo‘lgan, tilning tarixiy qatlamini belgilovchi termindir. “Eskirgan leksika” termini o‘zi ham tilning rivojlanish jarayonida shakllangan bo‘lib, tilning tarixiy taraqqiyotini aks ettiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiEski qatlamga oid leksemalar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) tarixiy leksema; 2) arxaik leksema. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiruvchi leksemadir. Masalan, sovut, qozi, qalqon, dubulg‘a, amir, bek, qul, xon, kashkul kabi. Tarixiy leksema bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, bu leksemaning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida ham zarurat taqozosiga ko‘ra qo‘llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asar va darsliklarda, o‘tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksema cheklanmagan darajada ishlatilishi mumkin. Masalan: 1. Dehqonlarning so‘nggi hisoblariga ko‘ra, bug‘doylari besh botmon chiqishi kerak edi (S.Ayniy). 2. Bir chekkada bizning chilimga O‘xshagan, lekin nay o‘rniga uzun rezinka o‘rnatilgan bir balo (M.Ismoil). 3. U qishloqlarda faqat qiz cho‘rilardan qirq nafar bo‘lib, ularga egalari ko‘p zulm qilar ekanlar (S.Ayn.). 4. Xo‘jayin podshoga o‘lpon to‘laganda biz to‘lamaymizmi? (N.Saf.). 5.Said Abdullaxon to‘ra ot ustida turgan holda o‘zining ingichka ovozi bilan biyga savol qildi (Mirm.). 6. Choyxonada uzun bo‘yli, uzun quloqli qalandar ko‘zlarini yumib... Mashrabdan g‘azallar o‘qiydi. (Oybek). Ayrim polisemantik leksemalarning ba’zi ma’nolari tarixiylashib, boshqa ma’nosi umumiste’molda saqlanib qolishi mumkin. Masalan: millat leksemasining quyidagi gaplardagi ma’nosiga diqqat qiling: 1. Yoshlar, keksalar, qizlar, juvonlar orasida turli millat vakillari – qozoq, qirg‘iz, arman va yahudiylar ham ko‘rinar edilar (P.Turs.). 2. Millatingni ayt: Ibrohim Xalilulloh millati. (“Diniy rivoyatlar”dan). Birinchi gapda millat leksemasining «tarixan tashkil topgan madaniyati, tili, huquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi» sememasi voqelangan bo‘lib, leksema neytral leksika tarkibida ushbu sememasi bilan yashasa, ikkinchi gapda uning “biror dinga mansublik” tarixiy sememasi voqelanganligi kuzatiladi. Demak, ko‘p sememali leksemaning ayrim sememalari eskirib, boshqasi yashovchan bo‘lishi mumkin.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЭскирген лексика
Terminning qirg'izcha etimologiyasiбул турмуш-тиричиликтин, илимдин же техниканын өнүгүшүнө байланыштуу күнүмдүк сүйлөөдөн чыгып калган сөздөрдүн жыйындысы. Коом өзгөргөн сайын айрым буюмдар, кесиптер же түшүнүктөр жоголот, аларды атаган сөздөр да активдүү колдонулбой калат.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiТарыхый доордун өтүшү менен турмуштан таптакыр чыгып калган нерселердин жана кубулуштардын аталыштары. Алардын азыр активдүү колдонулуштагы синоними же башка алмаштыруучусу жок, анткени ошол буюм же кырдаал өзү жоюлган. Мисалдар: хан, бек, урук, зекет, дубан, сарбаз.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3