info@gmail.com +998 99 741 35 23

Fonemaning variantlashuvi —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiFonemaning variantlashuvi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin yunoncha phōnē – ovoz, tovush; “ema” qo‘shimchasi esa “natija”, “birlik” kabi qismlardan atshkil topgan. Fonema – tilning ma’no farqlovchi eng kichik tovush birligi degan ma’noni anglatadi. “Variantlashuv” termini “variant” + o‘zbek tilidagi -lash- (holatga keltirish, o‘zgarish jarayoni) + -uv (jarayon nomi yasovchi qo‘shimcha) kabi shakllangan. Termin “variantlarga ajralish”, “turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lish jarayoni” degan ma’nolarni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiFonemaning nutqda turli fonetik sharoitlarda har xil ko‘rinishlarda (allofonlarda) namoyon bo‘lish hodisasidir. Masalan, o‘zbek tilidagi /k/ fonemasi turli pozitsiyalarda biroz farqli talaffuz qilinishi mumkin, ammo bu farqlar ma’noni o‘zgartirmaydi. Bunday ko‘rinishlar fonemaning variantlari yoki allofonlari hisoblanadi.Demak, etimologik jihatdan “fonemaning variantlashuvi” – “ma’no farqlovchi tovush birligining turli variantlarda namoyon bo‘lish jarayoni” degan ma’noni anglatadi. Fonema va tovush munosabati invariant-variant dialektikasini o‘zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishda fonema turli-tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, [b1], [b2], [b3], [b4], [b5], [b6], ...[bn] tarzida belgilash mumkin. Nutqda voqelangan barcha [b]larni bitta b fonemasiga birlashtirishda ularning umumiy xossalari “yig‘iladi”. Bunday umumiy xossa – fizik (akustik) va fiziologik (artikulyatsion) o‘xshashlik. Turli talaffuz sharoitida bu umumiy belgi o‘zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o‘zgarish miqdor o‘zgarishi darajasida bo‘lib, sifat o‘zgarishi bosqichiga yetmaydi. Aks holda, u boshqa fonemaning variantiga aylanib ketgan bo‘lar edi. Masalan, a fonemasi “quyi keng” va “lablanmagan”lik mohiyatiga ega. Shu boisdan u nutqiy voqelanganda, qanchalik o‘zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun mazkur mohiyat chegarasidan chiqmasligi lozim.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3