Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Fonetik jarayonlar |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Fonetik” so‘zi qadimgi yunoncha phōnē – “ovoz”, “tovush” so‘zidan kelib chiqqan. Ushbu so‘z asosida yunoncha phōnētikos (“ovozga oid”, “tovushga tegishli”) shakli yuzaga kelgan. Keyinchalik bu atama lotin va Yevropa tillari orqali tilshunoslik terminologiyasiga kirib, “nutq tovushlari va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi” ma’nosini olgan. “Jarayon” so‘zi arabcha jarayān (جريان) so‘zidan olingan bo‘lib, “oqish”, “harakatlanish”, “davom etish”, “kechish” ma’nolarini bildiradi. O‘zbek tilida esa u biror hodisaning yuz berishi yoki rivojlanish bosqichlarini ifodalovchi ilmiy termin sifatida qo‘llanadi. “Fonetik jarayonlar” termini etimologik jihatdan “nutq tovushlariga oid o‘zgarishlar va kechadigan hodisalar” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda bu termin nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuz beradigan o‘zgarishlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, assimilatsiya, dissimilatsiya, reduksiya, eliziya, metateza kabi hodisalar fonetik jarayonlar hisoblanadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Fonema nutqda voqelanar ekan, uning varianti nutqiy sharoit (yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo‘shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon bo‘ladi. Natijada, tovush o‘z mohiyatida bo‘lmagan xossalarga ega bo‘ladi. Ayrim tovush yondosh tovushga moslashadi, ayrimida o‘zgarish kuchayib, boshqa tovushga almashib ketadi. Nutqda sodir bo‘ladigan o‘zgarish tovushning kombinatorpozitsion o‘zgarishi deyiladi. Quyida uning turlari haqida so‘z boradi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Фонетикалык процесстер |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Фонетикалык процесстер» термини эки башка сөздөн куралып, илимге латын жана грек тилдеринен кирген. Эки сөздү бириктиргенде, сүйлөө учурунда же тилдин тарыхый өнүгүүсүндө тыбыштардын бири-бирине тийгизген таасиринен улам алдыга жылган өзгөрүүлөр, кубулуштар жана динамикалык агымдар дегенди түшүндүрөт |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Фонетикалык процесстер – бул сүйлөө агымында тыбыштардын бири-бирине тийгизген таасиринен же алардын сөздөгү ээлеген ордунан (позициясынан) улам ар кандай өзгөрүүлөргө учурашы. Тил илиминде фонетикалык процесстер шарттарына карай эки чоң түргө бөлүнөт: комбинатордук (тыбыштардын бири-бирине айкалышуудагы таасири) жана позициялык (басымга же сөздүн башы-аягында келишине байланыштуу өзгөрүү). |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |