Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Fonetik tamoyil |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Fonetik” so‘zi qadimgi yunoncha phōnē ‒ “ovoz”, “tovush” so‘zidan kelib chiqqan. Bu so‘zdan hosil bo‘lgan phōnētikos shakli “tovushga oid”, “ovoz bilan bog‘liq” degan ma’nolarni anglatadi. Keyinchalik ushbu atama Yevropa tillari orqali tilshunoslik terminologiyasiga kirib, nutq tovushlarini o‘rganuvchi soha va unga oid hodisalarni ifodalash uchun qo‘llanila boshlagan. “Tamoyil” so‘zi arabcha tamāyul (تمايل) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, dastlab “moyillik”, “intilish”, “yo‘nalish” ma’nolarini bildirgan. Hozirgi ilmiy uslubda esa u “asosiy qoida”, “prinsip”, “tayanch mezon” ma’nolarida ishlatiladi. “Fonetik tamoyil”‒“tovushlarga asoslangan prinsip” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda, ayniqsa imlo nazariyasida, fonetik tamoyil so‘zlarning yozilishida ularning talaffuziga asoslanishni bildiradi. Ya’ni so‘z qanday eshitilsa, shunga yaqin shaklda yoziladi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Nutqiy birliklar talaffuziga muvofiq yoziladi. Masalan, buloqqa, yurakka, tuproqqacha, ochilguncha; sap-sariq, qip-qizil. So‘z tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchaning yozuvda eshitilishiga qarab me’yorlashtirilishi fonetik yozuv deb yuritiladi. Masalan, adabiy talaffuzda jo‘nalish kelishigining asosiy shakli sifatida -ga qabul qilingan. Ba’zan bu shakl k va q tovushidan keyin -ka, -qa tarzida talaffuz etiladi va shu tarzda yoziladi: terakka, buloqqa. Tilimizdagi ko‘pgina morfemalarda fonetik variantning mavjudligi ularning fonetik tamoyil asosida yozilishini ta’minlaydi. Jumladan, -gan sifatdoshining -qan/-kan shakllari; -guncha payt ravishdoshining -kuncha/-quncha shakllari; -gach payt ravishdoshining -kach/-qach shakllari; -dir/tir;-kaz/-gaz/-giz/-qaz/-qiz kabi nisbat shakllari va h. Umuman, hozirgi o‘zbek orfografiyasida o‘zak va qo‘shimchani yozishda ro‘y bergan va yozuvda inobatga olingan fonetik jarayonlar fonetik tamoyilga asosan yoziladi: isi+-q=issiq, qot+-iq=qattiq, sayla+-v=saylov, suva+-q=suvoq, jiz+-aki= jizzaki kabi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Фонетикалык принцип |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Фонетикалык принцип – термининин этимологиясы эки башка тилден кирген илимий түшүнүктөрдөн куралат: «фонетика» (грек тилинен) жана «принцип» (латын тилинен). |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Фонетикалык принцип – бул сөздөрдү грамматикалык уңгусуна же тарыхый жазылышына карабай, кандай айтылса, ошондой жазуу жагын жөнгө салган эрежелердин жыйындысы. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |