Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Frazeologik kalka |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin tarkibidagi frazeologik termini yunoncha “phrasis” ‒ “ifoda, nutq birikmasi” va “logos”‒ “ta’limot, fan” so‘zlaridan kelib chiqqan. Tilshunoslikda frazeologiya tildagi turg‘un birikmalar, iboralar va maqollarni o‘rganadigan sohani anglatadi. Kalka termini fransuzcha “calque” – “nusxa, ko‘chirma” so‘zlaridan olingan. Frazeologik kalka‒yunoncha phrasis + logos va fransuzcha calque so‘zlaridan tashkil topgan tilshunoslik termini bo‘lib, bir tilning frazeologik birligini boshqa tilga tarkibiy qismlarini bevosita tarjima qilish orqali o‘zlashtirish hodisasini anglatadi. Bu termin tilshunoslikda bir til birliklarini boshqa tilga so‘zma-so‘z yoki tarkibiy qismlarini aynan tarjima qilish yo‘li bilan o‘zlashtirishni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Frazeologik kalka bir tildagi turg‘un ibora yoki frazeologik birlikning boshqa tilga uning tarkibiy qismlarini so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali ko‘chirilishi natijasida hosil bo‘lgan birlikdir. Boshqa tildagi frazeologik birlikning tarkibiy qismlarini so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali hosil qilingan ibora. Bunda chet tilidagi iboraning mazmuni va tuzilishi saqlanadi, ammo u mahalliy til vositalari bilan ifodalanadi. Masalan: barmoq orasidan qaramoq iborasi rus tilidagi smotret skvoz paltsy birikmasining kalkasi hisoblanadi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |