info@gmail.com +998 99 741 35 23

Frazeologik sinonimiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiFrazeologik sinonimiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiFrazeologik phrasis (yunoncha ) ‒“ifoda, ibora”; logos (yunoncha) ‒ “ta’limot, fan”; Sinonimiya – “bir-biriga yaqin ma’nolilik”, frazeologik sinonimiya ‒“turg‘un iboralar o‘rtasidagi ma’nodosh munosabat”. Frazeologik sinonimiya termini etimologik jihatdan “ma’nolari o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan frazeologik birliklar o‘rtasidagi munosabat” degan ma’noni bildiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiMa’nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. Frazeologizmning ma’nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga ko‘ra farqlanadi. Masalan: yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq, yer bilan yakson qilmoq ‒ kulini ko‘kka sovurmoq, ipidan ignasigacha – miridan sirigacha, qilidan quyrug‘igacha. Ma’nodosh frazeologizmlarning atash semasi bir xil bo‘ladi. Masalan, ipidan ignasiga – miridan sirigacha, qilidan quyrug‘igacha kabi iboralarida “butun tafsiloti bilan” atash semasi umumiy. Ammo ular uslubiy xoslanganlik va bo‘yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari bilan farqlanadi. Sinonim frazeologizmlarni frazeologik variantdan farqlash lozim. Sinonim iboralarda ayni bir so‘z bir xil bo‘lishi mumkin. Lekin qolgan so‘zlar sinonim leksemaning ko‘rinishlari bo‘lmasligi lozim. Jonini hovuchlab va yuragini hovuchlab iboralarida bir xil so‘z mavjud. Ammo jon va yurak so‘zlari sinonim leksema ko‘rinishi emas. Кo‘ngliga tugmoq va yuragiga tugmoq iboralari frazeologik variant.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3