Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Frazeologiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Frazeo-” qismi yunoncha “phrasis” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ifoda”, “ibora”, “nutq usuli”, “fikrni bayon etish” ma’nolarini anglatadi. Bu so‘z til birliklarining birikib, ma’lum bir ma’no ifodalashini anglatadi. “-logiya” qismi esa yunoncha logos so‘zidan olingan. “Logos” “so‘z”, “ta’limot”, “fan”, “ilmiy o‘rganish” ma’nolarini bildiradi. Tilshunoslik va boshqa fanlarda “-logiya” qo‘shimchasi “biror sohani o‘rganuvchi fan” ma’nosini hosil qiladi. “Frazeologiya” ‒“iboralar haqidagi ta’limot” yoki “iboralarni o‘rganuvchi fan” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda frazeologiya tildagi turg‘un birikmalar, iboralar, maqollar, matallar va boshqa tayyor holda qo‘llanadigan til birliklarini o‘rganadigan bo‘lim hisoblanadi. Masalan, “ko‘z yumdi”, “og‘zi qulog‘ida”, “yuragi orqasiga tortdi” kabi iboralar frazeologiyaning o‘rganish obyektidir. 1) til frazeologik tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi majmui. Frazeologiyaning o‘rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir. Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: tepa sochi tikka bo‘lmoq, sirkasi suv ko‘tarmaslik, o‘takasi yorilmoq, do‘ppisi yarimta, ikki gapning birida, boshga ko‘tarmoq va h. Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Фразеология |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Фразеология гректин frasise - туюнтма ж-а logos сөз, илим деген сөзүнөн алынган. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Фразеология – тилдин фразеологиялык курамынынын бүгүнкү абалын жана тарыхый өнүгүшүн изилдөөчү тил илиминин бир бөлүмү, ошол тилдин фразеологизмдеринин жыйындысы жана фразеологиялык курамы. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |