info@gmail.com +998 99 741 35 23

Frazeologizm — Фразеологизм

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiFrazeologizm
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Frazeo-” qismi yunoncha “phrasis” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ifoda”, “ibora”, “nutq usuli”, “fikrni bayon qilish” ma’nolarini anglatadi. Tilshunoslikda bu unsur bir necha so‘zdan tashkil topib, yaxlit ma’no ifodalovchi birliklarga nisbatan qo‘llanadi. “-izm” qo‘shimchasi yunoncha -ismos va lotincha -ismus shakllari orqali Yevropa tillariga o‘tgan. U ma’lum bir hodisa, xususiyat, usul yoki til birligini ifodalovchi terminlar yasashda ishlatiladi. “Frazeologizm” – “iboraviy birlik”, “turg‘un ifoda” degan ma’nolarni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiFrazeologizm tashkil etilishiga ko‘ra qo‘shma leksema, so‘z birikmasi va gapga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq qo‘shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo‘lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi. Frazeologizm lug‘aviy birlik bo‘lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida bir mustaqil so‘z kabi harakat qiladi – bir gap bo‘lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi: 1. Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi. (P.Tur.) 2. Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. (S.Zun.) 3. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqaradigan bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‘y berib turibdi. 4. Кavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak. (As.Mux.) 1- va 2-gaplarda frazeologizmlar gap markazi – kesim mavqeyida, 3-gapda so‘z kengaytiruvchisi aniqlovchi va 4-gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan. Frazeologizm tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi yoki gap ko‘rinishida bo‘ladi. So‘z birikmasi ko‘rinishidagi frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, enka-tinkasini chiqarmoq, jig‘iga tegmoq, bel bog‘lamoq, kir izlamoq, terisiga sig‘may ketmoq va h. Gap tipidagi frazeologizm «gap kengaytiruvchisi+kesim» qolipi mahsuli: istarasi issiq, ichi qora, labi-labiga tegmaydi, ko‘ngli ochiq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, kapalagi uchib ketdi, po‘konidan el o‘tmagan, tepa sochi tikka bo‘lmoq.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiФразеологизм
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Фразеологизм» термини грекче phrasis — «туюнтуу, сүйлөм» жана logos — «окуу, илим» деген сөздөрүнөн алынган.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiФразеологизм – бул тил илиминде эки же андан көп сөздөн куралып, өз алдынча түз маанисин жоготкон жана бир гана бирдиктүү өтмө маанини билдирген туруктуу сөз айкашы.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni2