Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Frazeologizmning semantik strukturasi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Frazeologizm” termini yunoncha phrasis – “ifoda”, “ibora”, “nutq usuli” va -ismos (“hodisa”, “xususiyat”, “birlik” ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchadan tashkil topgan. Bu termin tilshunoslikda turg‘un ibora yoki turg‘un birikmani anglatadi. “Semantik” so‘zi qadimgi yunoncha sēmantikos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ma’no bildiruvchi”, “belgilovchi”, “anglatuvchi” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning asosi sēma ‒“belgi”, “ishora”, “ma’no” so‘zidir. Tilshunoslikda semantika til birliklarining ma’nosini o‘rganuvchi soha hisoblanadi. “Struktura” so‘zi lotincha structura ‒“tuzilish”, “qurilish”, “joylashish tartibi” ma’nolarini bildiruvchi so‘zdan olingan. U struere fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, “qurmoq”, “tartib bilan joylashtirmoq” degan ma’nolarni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan: mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma’noga ega bo‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |