info@gmail.com +998 99 741 35 23

Graduonimiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiGraduonimiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, lotincha “gradus” – “daraja”, “pag‘ona”, “bosqich”, ketma-ket o‘sish yoki kamayish” ma’nolarini anglatadi. Onyma qismi esa “nom”, “atama”, “so‘z” ma’nolarini bildiradi. Shu ikki unsur birikib, “graduonimiya” termini hosil bo‘lgan bo‘lib, u “darajalanish asosida bog‘langan nomlar (so‘zlar) tizimi” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda graduonimiya ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan, ammo belgi, xususiyat yoki holatning kuchayishi yoki kamayishi darajasini ifodalovchi so‘zlar munosabatini o‘rganadi. Bunday so‘zlar graduonimlar deb ataladi. Masalan: iliq → issiq → qaynoq; xafa → g‘amgin → qayg‘uli. kichik → o‘rta → katta; Bu qatordagi har bir so‘z ma’lum bir belgining turli darajalarini ifodalaydi. “Graduonimiya” termini lotincha gradus (“daraja”, “bosqich”) va yunoncha onyma/onoma (“nom”, “so‘z”) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, tilshunoslikda ma’no darajalanishi asosida o‘zaro bog‘langan so‘zlar tizimini anglatuvchi termin hisoblanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiLug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi – o‘rta so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan: кatta– o‘rta– kichik yosh– o‘rta– qari uzoq– o‘rta– yaqin baland –o‘rta– past uzun– o‘rta– qisqa. Ma’lumki o‘rta so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda, o‘rtalik, oraliq, ya’ni ikki bir-biriga zid belgi oralig‘idagi holatni ko‘rsatadi. O‘rta leksemasi antonimlar oralig‘idan o‘rin olsa, katta – o‘rta – kichikdarajalanishi kam seziladi. Lekin o‘rta leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol anglashiladi. Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi. Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini: a) g‘ayrilisoniy asos; b) sof lisoniy asosga tayanib ajratish mumkin. G‘ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgi-xususiyatda sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud. Masalan, inson go‘daklik, yoshlik, navqironlik, yetuklik, qarilik holatini, o‘simlik navnihollik, ko‘chatlik, yetilganlik, quriganlik davrini boshidan kechiradi –o‘sadi. Tabiatdagi rang va boshqa belgilar shunchalik xilma-xilki, bo‘yoqchilar birgina qora rangning hatto o‘ndan ortiq turini ajratadilar. Insonning faol ongi ana shu miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til ongning ifodasi bo‘lganligi bois u ongdagi aks ettirilgan mana shunday miqdoriy farqlarni ham ifodalashi lozim. Bunday miqdoriy farq turli usul bilan, jumladan, alohida-alohida leksema bilan ham ifodalanadi. Chunonchi, nihol – ko‘chat – daraxt, ninni – chaqaloq, go‘dak – bola, buzoq – tana – g‘unajin – sigir kabi. Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy omili quyidagilar: a) ma’noviy omil; b) so‘zlararo paradigmatik munosabat. Graduonimik qatorni ajratishdagi ma’noviy omilning mohiyati shundaki, bir qator leksemalar sememasida ma’lum bir belgining oz-ko‘pligiga, turli xil darajalariga ishora mavjud. Masalan, darcha – eshik – darvoza.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8