Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Grafika |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Grafika” so‘zi qadimgi yunon tilidagi grapho – “yozaman”, “chizaman”, “tasvirlayman” ma’nolarini bildiruvchi so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, shu fe’ldan “graphikē” termini hosil bo‘lib, u “yozish va chizish san’ati” degan ma’noni anglatgan. Keyinchalik bu termin lotin tiliga graphica, undan esa Yevropa tillariga xususan, fransuz tiliga “graphique”, nemischaga “grafik”, ruschaga “графика” tarzida o‘tgan. O‘zbek tiliga ham asosan rus tili orqali kirib kelgan. “Grafika” termini etimologik jihatdan yunoncha “grapho” – “yozmoq”, “chizmoq” so‘ziga borib taqaladi va dastlab yozish hamda chizish san’atini anglatgan. Bugungi kunda esa u tasviriy san’atning mustaqil sohasi sifatida qo‘llaniladi. Tilshunoslikda esa ushbu termin bilan nomlangan mavzuda alifbo, harf, yozuvlar tarixi o‘rganiladi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Grafika grekcha graphikos so‘zidan olingan bo‘lib, tilshunoslikda “yozuv” degan ma’noni anglatadi. Grafika tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optikgrafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafema deyiladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun grafema muayyan til yozuv tizimining eng asosiy strukturaviy va funksional birligi sanaladi. Tilshunoslikda yozuvning piktografik, ideografik va fonografik kabi turlari o‘rganilgan. O‘zbek yozuvi hozirgi holatga kelgunicha uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Графика |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Графика деген термин грек тилиндеги grapniros - тартылган», «жазылган», «чийилген» деген сөздөн алынган. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Графика тигил же бул типтеги жазуунун бардык каражаттарынын – тамга, тыныш белги, басым белгилери, диакритикалык белгилеринин жалпы жыйындысы. Бүгүнкү күндө жазуу жөнүндөгү илимдин бир тармагы графика деп аталат да, ал тамгалардын сөлөкөтүн, тартылышын, тамга менен тыбыштын карым-катыш, байланышын изилдейт. Графика өзүнчө бир илимий тармак катары тамгалардын жазылыш типтерин, формаларын аныктайт. Жазылыш өзгөчөлүктөрү, сөлөкөттөрү боюнча араб графикасы менен кириллицанын, латын графикасынын, орхон-енисей графикасынын айырмачылыктары ачык көрүнүп турат. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 8 |