Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Grammatik kategoriya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Grammatik kategoriya” termini ikki qismdan tashkil topgan: grammatik va kategoriya. Grammatik so‘zi qadimgi yunoncha “grammatikē” – “yozish san’ati”, “harflar haqidagi ta’limot” so‘zlaridan kelib chiqqan. Keyinchalik bu so‘z lotin tilidagi “grammatica” shakli orqali boshqa tillarga o‘tib, tilning grammatik tuzilishi va qonuniyatlariga oid tushunchani anglatadigan termin sifatida qo‘llanila boshlagan. Kategoriya so‘zi qadimgi yunoncha “kategoria” – “ta’riflash”, “tasniflash”, “guruhlash” so‘zlaridan kelib chiqqan. U lotin tiliga “categoria” shaklida o‘tgan va ilm-fanning turli sohalarida ma’lum belgilariga ko‘ra ajratilgan tushunchalar guruhi ma’nosida ishlatiladi. Tilshunoslikda grammatik kategoriya deb o‘zaro bog‘liq grammatik ma’nolar va ularni ifodalovchi grammatik shakllar tizimiga aytiladi. Grammatik kategoriya bir necha grammatik shakllarni va ular orqali ifodalanuvchi ma’nolarni birlashtiradi. Shunday qilib, “grammatik kategoriya” termini etimologik jihatdan “grammatik hodisalarni ma’lum guruhlarga ajratish va tasniflash” ma’nosini anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Grammatik kategoriya (GК). Кategoriya atamasi tilshunoslikka falsafadan kirgan. U falsafada “obyektiv borliq va bilishdagi mohiyatan ko‘proq qonuniy aloqa va munosabatni aks ettiruvchi umumiy tushuncha” tarzida ta’riflanadi. Falsafada ham, tilshunoslikda ham kategoriya bir xil narsani ataydi, ya’ni kategoriya uchun juftlik va alohidalik xos bo‘lishi shart. Bir umumiy grammatik ma’no ostida birlashuvchi, shu asosda bir-birini taqozo va bu umumiy ma’noning parchalanishi asosida inkor qiluvchi shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi. Tilshunosligimizda o‘zbek tilida 9 ta grammatik kategoriya (GК) mavjudligi e’tirof etiladi: 1) nisbat kategoriyasi (fe’lga tegishli); 2) o‘zgalovchi kategoriyasi (fe’lga tegishli); 3) harakat tarzi kategoriyasi (fe’lga tegishli); 4) bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi (fe’lga tegishli); 5) son kategoriyasi (otga tegishli); 6) daraja kategoriyasi (sifatga tegishli); 7) kelishik kategoriyasi (ismlarga tegishli); 8) egalik kategoriyasi (ismlarga tegishli); 9) kesimlik kategoriyasi: 1) shaxs-son; 2) zamon; 3) tasdiq-inkor; 4) mayl (modallik) (kesim vazifasida kela oladigan istalgan atov birligiga tegishli); GК ham serqirra mohiyatli lisoniy hodisa bo‘lganligi sababli turli tomondan tasnif qilinadi. Ulardan ayrimlarini keltiramiz: 1. Кategoriya shakllarining ma’noviy tarkibiga ko‘ra. 2. Morfologik kategoriya (MК)ning so‘z turkumi yoki gap bo‘laklariga xosligiga ko‘ra. 3. MК sintaktik qobiliyatining yo‘nalishiga ko‘ra. Кategoriya shakllarining ma’noviy tarkibiga ko‘ra GК 2 turga bo‘linadi: 1) sodda kategoriya va 2) murakkab kategoriya. Yuqorida keltirilgan GKlardan to‘rttasi (o‘zgalovchi, harakat tarzi, egalik, kesimlik kategoriyalari) murakkab, qolganlari esa sodda kategoriyalar hisoblanadi. Demak, nisbat, bo‘lishli bo‘lishsizlik, son, daraja, kelishik sodda kategoriyalardir. Chunki ularda ma’no sodda bo‘lib, o‘zida boshqa kategoriya tajallisini namoyon etmaydi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Грамматикалык категория |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Грамматикалык категория деген термин эки сөздөн куралган болуп, этимологиялык жактан «тил эрежелеринин негизинде жалпыланган касиеттердин же кубулуштардын чоң тобу» дегенди билдирет. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Грамматикалык категория – тилдеги ар бир сөз түркүмүнө тиешелүү, эки же андан көп сөз өзгөртүүчү морфемалардын бирден (же бир) сөздөргө жалганып, эки же андан көп карама-каршы маанилерди билдирүүчү көрүнүш. Мисалы, китеп-китептер (зат атооч, бир-көп), бир-биринчи (сан атооч, эсеп-ирээт), жакшы-жакшыраак-жапжакшы (сын атооч, салыштыруу), келет-келди-келген-келе жаткан-келиптир келчү ж.б. (этиш, чак). |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 6 |