Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Grammatik ma’no |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Grammatik ma’no” termini ikki qismdan tashkil topgan: grammatik va ma’no. Grammatik so‘zi qadimgi yunoncha “grammatike” (“yozish san’ati”, “harflar haqidagi ta’limot”) so‘zidan kelib chiqqan. Bu so‘z keyinchalik lotin tiliga grammatica shaklida o‘tgan va ko‘plab tillarda til qurilishi hamda qoidalarini o‘rganuvchi fan nomi sifatida qo‘llanila boshlagan. Ma’no so‘zi esa arabcha ma‘nā (معنى) so‘zidan olingan bo‘lib, “mazmun”, “anglatilgan fikr”, “mohiyat” degan ma’nolarni bildiradi. Tilshunoslikda grammatik ma’no deb so‘zning lug‘aviy ma’nosidan tashqari, uning grammatik shakllari orqali ifodalanadigan umumiy ma’noga aytiladi. Masalan, kitoblar so‘zidagi -lar qo‘shimchasi ko‘plik grammatik ma’nosini bildiradi. Bu yerda “kitob” lug‘aviy ma’no bo‘lsa, “ko‘plik” grammatik ma’nodir. Shunday qilib, “grammatik ma’no” termini etimologik jihatdan “tilning grammatik vositalari orqali ifodalangan mazmun” degan tushunchani anglatadi. Bu termin til birliklarining son, kelishik, zamon, shaxs, nisbat kabi grammatik kategoriyalar orqali yuzaga chiqadigan ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llanadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi. Ta’rifda uch muhim jihatga e’tibor qaratilgan: a) grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi; b) bevosita (!) nutqni shakllantirishi; d) umumlashma va abstraktligi. Demak, grammatik ma’no deganda faqat so‘z yoki so‘zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik grammatik ahamiyat kasb etadi. Agar lisoniy birlik grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyorlik xususiyatini yo‘qotadi. Masalan, bola leksemasining lug‘aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, subyektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo‘lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo‘q. Demak, leksema lug‘aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi. Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko‘p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. Grammatik ma’no morfologik sathda so‘zlarning umumiy ma’nosi bo‘lgan so‘z turkumlari (masalan, otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), shuningdek, har bir so‘zshaklning ma’lum bir morfologik kategoriya doirasida qarama-qarshi qo‘yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son, egalik, kelishik) sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so‘z birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo‘laklarining bir-biriga o‘zaro munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Кeng ma’noda so‘z yasalish hodisasi ham grammatik ma’noga daxldor. Chunki yasalish natijasida so‘zning turkumlardagi o‘rni o‘zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko‘rsatadi. Masalan, aql so‘zi “ot”, “mavhum ot” grammatik ma’nolariga ega. Undan -li so‘z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan, albatta, grammatik ma’noda ham katta o‘zgarish yuz berdi. Кo‘rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo‘lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan xoli bo‘lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug‘aviy va grammatik ma’no dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi. Sintaktik qolip, yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma’no mavjud. Grammatik ma’no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy mohiyatida mavjud bo‘lishi ham, grammatik shakl yoki grammatik qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, kitoblar so‘zshaklining “turdosh ot” grammatik ma’nosi boshqa barcha turdosh otda bo‘lgani kabi uning mohiyatida mavjud, “ko‘plik” ma’nosi esa ma’lum bir shakl -lar yordamida ifodalangan. Кitobni o‘qimoq birikuvidagi kitob so‘zining “tobe uzv” grammatik ma’nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida “yopishtirilgan”. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Грамматикалык маани |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Грамматикалык маани» термини эки башка тилден (байыркы грек жана араб тилдеринен) кирген түшүнүктөрдүн биригүүсүнөн куралган татаал илимий термин. Бул сөз байыркы грек тилиндеги «γραμματική» (grammatikē) деген сөздөн келип чыккан. Анын негизи — «γράμμα» (gramma), ал грекче «тамга», «чийме» же «жазуу белгиси» дегенди билдирет (ал эми grapho — «жазам» деген этиштен жасалган). Антикалык доордо бул сөз «окуу жана жазуу өнөрү» дегенди билдирген. Кийинчерээк тилдин курулушун, эрежелерин жана мыйзам ченемдүүлүктөрүн изилдеген илим тармагынын аталышына айланган. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Грамматикалык маани – сөздүн жеке өз алдынча турган маанисинен айырмалуу. Анын керт башына тиешелүү мааниси лексикалык семантиканы түзсө, контекстке көзкаранды абалы грамматикалык маанини түзөт. Грамматикалык маанинин негизин лексикалык мааниси түзөт да, анын грамматикалык формалары семантикадан ажыратат: Балдар шаарда жашап жатат десек, лексикалык мааниси бала, шаар, жашоо деген сөздөрдүн табияты менен байланышса, Грамматикалык маанисин балдар – зат атооч, көптүк мүчөсү бар, шаарда жатыш жөндөмө мүчөлүү зат атооч, жашап жатат - татаал этиш, учур чактагы абалынан улам ойду билдирүү каражатына айланып, маанисин түздү. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 5 |