Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Grammatik sinonimiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Grammatik yunoncha “grammatike” – “yozish san’ati, til qurilishi haqidagi ta’limot” so‘zidan kelib chiqqan. “Sinonimiya” – yunoncha “syn” – “birga”, “o‘xshash”; “onyma/onoma”‒ “nom”, “atama” so‘zlaridan hosil bo‘lib, “bir-biriga yaqin ma’noli birliklar” degan ma’noni anglatadi. Masalan: Nonni yeng – nondan yeng, uyga jo‘namoq – uy tomon jo‘namoq kabi hodisalarda grammatik ma’nodoshlik mavjud. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Bir xil yoki o‘xshash grammatik ma’noni ifodalovchi, ammo shakli va tuzilishi jihatidan turlicha bo‘lgan grammatik vositalar o‘rtasidagi ma’nodosh munosabatdir. Bunday birliklar mazmun jihatidan yaqin bo‘lsa-da, uslubiy, emotsional yoki qo‘llanish sharoitiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Masalan: Men kitobni o‘qidim ↔ Kitob men tomonidan o‘qildi. Har ikkala gapda ham bir voqea ifodalanadi, ammo grammatik qurilishi turlicha (faol va majhul nisbat). Kelgach, menga qo‘ng‘iroq qil. ↔ Kelganingdan keyin menga qo‘ng‘iroq qil. Ikkala konstruktsiya ham vaqt ma’nosini bildiradi, lekin grammatik shakllari boshqacha. Grammatik sinonimiya ‒ tilning grammatik vositalari orqali bir xil yoki yaqin mazmunni turli shakllarda ifodalash hodisasi bo‘lib, nutqning boyligi, uslubiy rang-barangligi va ta’sirchanligini ta’minlaydi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 7 |