Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Holat bildiruvchi sifat |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Holat ‒ arabcha “ḥālat” (حالة) so‘zidan olingan bo‘lib, “ahvol”, “vaziyat”, “biror narsaning qanday holda ekanligi” ma’nolarini bildiradi. Bildirmoq – turkiy kelib chiqishga ega bo‘lib, “ifodalamoq”, “xabar bermoq”, “ko‘rsatmoq” ma’nolarini anglatadi. Bu yerda bildiruvchi shakli “ifodalovchi”, “ko‘rsatuvchi” degan ma’noda qo‘llanadi. Sifat ‒ arabcha “ṣifa(t)” (صفة) so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, “belgi”, “xususiyat”, “xarakteristika” ma’nolarini anglatadi. Shunday qilib, holat bildiruvchi sifat atamasi lug‘aviy jihatdan “predmet yoki shaxsning holati, ahvoli va vaziyatini ifodalovchi sifat” degan ma’noni anglatadi. Masalan: kasal bola, sog‘lom inson, charchagan ishchi, xursand qiz, g‘amgin kishi. Bu misollarda kasal, sog‘lom, charchagan, xursand, g‘amgin so‘zlari predmet yoki shaxsning holatini bildirib kelgani uchun holat bildiruvchi sifatlar hisoblanadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Narsa/mavjudotning holat yoki vaziyatini turg‘un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifat o‘z o‘rnida yana ichki guruhlarga bo‘linadi: 1) tabiiy holat bildiruvchi sifat: go‘zal, mo‘min, o‘ktam, cho‘loq, bukri; 2) jismoniy holat bildiruvchi sifat: bardam, baquvvat, tetik, yosh; 3) ruhiy holat bildiruvchi sifat: xafa, g‘amgin, ma’yus, xursand, shod; 4) iqtisodiy holat bildiruvchi sifat: boy, badavlat, kambag‘al, nochor; 5) harorat holatini bildiruvchi sifat: iliq, salqin, sovuq, issiq; 6) tozalik holatini bildiruvchi sifat: toza, ozoda, kir, musaffo, isqirt; 7) eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifat: yangi, eski, ko‘hna, juldur; 8) ho‘l-quruqlik holatini bildiruvchi sifat: ho‘l, quruq, nam, namxush; 9) tinch va notinch holatni bildiruvchi sifat: tinch, jim, jimjit, sokin, osuda, osoyishta, bezovta; 10) yetilganlik holatini bildiruvchi sifat: xom, pishiq, g‘o‘r, puxta. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 6 |