Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Hozirgi zamon fe’lining sintetik shakli |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin “hozirgi” fors-tojikcha “hozir” – “mavjud, shu paytdagi”; “zamon” arabcha “zaman”‒ “vaqt’; “fe’l” arabcha “fi‘l”‒ “harakat bildiruvchi so‘z”; “sintetik” yunoncha synthetikos (birlashtirilgan, qo‘shilgan). Ushbu termin zamonaviy o‘zbek tilshunosligida grammatik shakl tizimi bilan bog‘liq holda shakllangan |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Hozirgi zamonda davom etayotgan harakatni ifodalovchi fe’l shakli bo‘lib, -yap, -yotir, -yotib, -moqda affikslari yordamida yasaladi. Bu shakl harakatning nutq paytida davom etayotganligini aniq bildiradi. Tilshunoslikda sintetik shakl deb grammatik ma’no so‘zning o‘z tarkibida, asosan, qo‘shimchalar yordamida ifodalanadigan shaklga aytiladi. Bunda grammatik ma’noni ifodalash uchun yordamchi so‘zlar emas, balki so‘zning morfologik tarkibi xizmat qiladi. Masalan: kitoblar ‒ -lar qo‘shimchasi ko‘plik ma’nosini bildiradi; o‘qidim ‒ -di o‘tgan zamon, -m birinchi shaxs birlik ma’nosini bildiradi; uyga ‒ -ga jo‘nalish kelishigi ma’nosini ifodalaydi. Bu misollarda grammatik ma’nolar bitta so‘z tarkibidagi qo‘shimchalar orqali ifodalanganligi sababli ular sintetik shakllar hisoblanadi. Hozirgi zamon ma’nosining fe’l negiziga zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali, ya’ni bitta so‘z tarkibida ifodalanishidir. Bunday shaklda grammatik ma’no yordamchi so‘zlarsiz, qo‘shimchalar vositasida hosil qilinadi. O‘zbek tilida hozirgi-kelasi zamonning sintetik shakli asosan -a/-y + shaxs-son qo‘shimchalari hamda -adi shakli orqali ifodalanadi. Masalan: Men yozaman. Sen yozasan. Biz yozamiz. Siz yozasiz. Ular yozadilar. Bu fe’llarda hozirgi zamon ma’nosi so‘zning o‘z tarkibida ifodalanganligi sababli ular sintetik shakl hisoblanadi. Sintetik shakl terminining xususiyatlari: 1) grammatik ma’no bitta so‘z tarkibida ifodalanadi; 2) yordamchi fe’l yoki yordamchi so‘z ishtirok etmaydi; 3) zamon, shaxs-son ma’nolari qo‘shimchalar orqali beriladi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 7 |