info@gmail.com +998 99 741 35 23

Ibora — Фразеологизм

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiIbora
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin arabcha “ibāra” so‘zidan olingan bo‘lib, “ifoda’, “bayon”, “so‘zlash usuli” ma’nolarini anglatadi. Ibora so‘zi arab tilidan o‘zlashgan bo‘lib, arabcha ʿibāra(t) (عبارة) shaklidan kelib chiqqan. Arab tilida ʿibāra ‒“ifoda”, “bayon”, “so‘z orqali fikrni yetkazish”, “ibora” ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z o‘zbek tiliga fors-tojik tili vositasida kirib kelgan va tilshunoslikda maxsus termin sifatida qo‘llanadi. Masalan: ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi ‒ juda xursand bo‘ldi; tili uzun ‒ gapni ko‘p gapiradigan odam; qo‘l qovushtirib o‘tirmoq ‒ hech narsa qilmasdan kutib turmoq. “Ibora” termini etimologik jihatdan arabcha “ʿibāra” so‘ziga borib taqaladi va “ifoda, bayon” ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilshunosligida esa u ko‘chma ma’noli, turg‘un so‘z birikmalarini nomlash uchun qo‘llanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda ibora ‒ ikki yoki undan ortiq so‘zlarning birikib, ko‘chma yoki yaxlit ma’no anglatadigan turg‘un birikmasi hisoblanadi. U ko‘pincha frazeologik birlik sifatida qaraladi. 1) tilshunoslikda ibora termini ko‘pincha frazeologik birlik ma’nosida ham qo‘llanadi. Bunday birliklar tarkibidagi so‘zlarning umumiy ma’nosi alohida qismlar ma’nosidan kelib chiqmaydi va yaxlit holda qo‘llanadi. 2) ibora ma’lum bir uslubiy, dialektal yoki nutqiy xususiyatga ega bo‘lgan so‘z, so‘z birikmasi va boshqa til birliklarining umumiy nomi sifatida ham ishlatiladi: xalqona ibora, ta’sirchan ibora, shevaga xos ibora kabi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiФразеологизм
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Фразеологизм» термини кыргыз тилине орус тили аркылуу, ал эми эл аралык илимге грек тилинен келген. Ал эки маанилүү тамырдан турат: «Фразис» (phrasis) – грекче «билдирүү», «айтылыш», «сүйлөм» же «сөз айкашы» дегенди билдирет. «Логос» (logos) – грекче «окуу», «илим» же «сөз» деген маанини берет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiФразеологизм – бул курамы туруктуу, мааниси өтмө мааниде келип, бир гана бүтүн сөзгө барабар болгон сөз айкашы же сүйлөм. Негизги өзгөчөлүктөрү: сөздөрдүн орун тартиби өзгөрбөйт жана башка сөздөр кошулбайт, курамындагы сөздөр өз алдынча маанисин жоготуп, биригип бир гана жалпы маанини берет, аларды сүйлөп жатканда жаңыдан түзбөйбүз, тилде даяр түрдө колдонобуз.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8