info@gmail.com +998 99 741 35 23

Idioma — Идиома

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiIdioma
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin qadimgi yunon tilidagi “idiōma” so‘zidan kelib chiqqan. Idios (ἴδιος) ‒“o‘ziga xos”, “xususiy”, “shaxsiy”, “alohida”; -ma (-μα) ‒ yunon tilida harakat yoki holat natijasini bildiruvchi qo‘shimcha.Idiōma so‘zining dastlabki ma’nosi “o‘ziga xos xususiyat”, “alohida ifoda usuli” deganidir. Idios (yunoncha “o‘ziga xos, alohida”) + -ma (“natija, holat”) = o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgan turg‘un til birligi (ibora).
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda idioma ‒ ma’nosi uni tashkil etgan so‘zlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’nolaridan kelib chiqmaydigan, yaxlit holda ma’lum bir ma’noni anglatuvchi turg‘un ibora yoki frazeologik birlikdir. Masalan: ko‘z yumdi ‒“vafot etdi”; og‘zi qulog‘ida ‒ “juda xursand”; burnini osmoq ‒ “xafa bo‘lmoq”. Bu iboralarning ma’nosi alohida so‘zlar ma’nosining oddiy yig‘indisidan farq qiladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiИдиома
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Идиома» термини да кыргыз тилине эл аралык илимий термин катары байыркы грек тилинен келген. Ал гректин «idioma» (ἰδίωμα) деген сөзүнөн алынган. Бул сөз төмөнкүдөй маанилерди билдирет: «өзгөчөлүк», «өзгөчө касиет», «өзүнө гана мүнөздүү нерсе».
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiИдиома – тизмектешкен сөздөр өзүнүн тике маанисинде эмес, өтмө мааниде колдонулган, башка тилдерге сөзмө сөз которулбаган, лексикализацияланган мааниде гана колдонулган туруктуу тизмектер.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8